Qozoğiston hukumati 1929-1956 yillardagi siyosiy qatağon qurbonlarining 2,4 milliondan ortiq arxiv kartoçkalarini maxfiylikdan çiqardi. Bu haqda 18 sentabr, duşanba kuni respublika Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Qozoğistonda 1929-1956 yillardagi siyosiy qatağon qurbonlariga oid 2,4 milliondan ortiq arxiv kartoçkalari maxfiylikdan çiqarildi, maxsus köçirilganlarning 251 ming işi prezident arxiviga topşirildi, şundan söng ular manfaatdor şaxslarga taqdim etiladi. Yil oxirigaça 265 ming iş topşiriladi, 311 ming surgun qilingan, maxsus köçirilgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan şaxslar oqlandi», — deya mahkama bayonotidan iqtibos keltirmoqda TASS axborot agentligi.
Qozoğistonda siyosiy qatağon qurbonlarini oqlaş
2020 yil 24 noyabr kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev siyosiy qatağon qurbonlarini töliq oqlaş böyiça davlat komissiyasini taşkil etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Komissiyaning 2020 yil 3 dekabr kuni bölib ötgan birinçi majlisida uning raisi, Qozoğiston davlat kotibi Qrimbek Kuşerbayev komissiyaning asosiy vazifasi «sovet davri siyosiy qatağon qurbonlarining barça toifalari uçun tarixiy adolatni tiklaşdan iborat», dedi.
2023 yilning yanvarida Qozoğiston davlat maslahatçisi Yerlan Karin Töqayevga siyosiy qatağon qurbonlari tarixiga oid 31 jildlik hujjat va materiallarni taqdim etdi.












