Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQŞ Eronni Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikning (AEXA) bir neça inspektorlari akkreditatsiyasini qaytarib oliş haqidagi qarorini «zudlik bilan bekor qilişga» çaqirdi. Bu haqda Britaniya hukumati tomonidan 18 sentabr, duşanba kuni çop etilgan törtta davlatning qöşma bayonotida aytiladi.
Hujjatda aytilişiça, Islom Respublikasi «inspektorlarning akkreditatsiyasini qaytarib oliş qarorini zudlik bilan bekor qilişi va agentlik bilan Eron yadroviy dasturi faqat tinç xarakterga ega bölişini ta’minlaş uçun töliq hamkorlikda bölişi kerak». Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Qöşma Ştatlar «AEXAni va butun dunyo xavfsizligi boğliq bölgan xalqaro tekşiriş rejimini töliq qöllab-quvvatlaşda davom etadi», deya ta’kidlaydi u.
Tört davlat Tehronni «agentlikning tekşiriş va kuzatiş sohasidagi rejalaştiriş işiga qasddan putur yetkazişda» aybladi. Ta’kidlanişiça, AEXAda hali ham «deklaratsiya qilinmagan yadroviy materiallar va Eronda amalga oşirilgan faoliyatlar böyiça jiddiy, uzoq davom etgan va hal etilmagan savollar» mavjud bölib, ularga Islom Respublikasi «tört yildan köproq vaqt davomida javob bermagan».
Eron AEXA inspektorlarining uçdan bir qismi akkreditatsiyasini bekor qildi
Tehron 16 sentabr kuni AEXAga mamlakatdagi bir neça agentlik inspektorlarining akkreditatsiyasini bekor qilayotgani haqida ma’lum qilgan. Umuman olganda, Erondagi AEXA inspektorlarining taxminan uçdan bir qismi işdan çetlaştirildi, dedi agentlik rahbari Rafael Grossi. Akkreditatsiyasi bekor qilingan ekspertlar Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnomaning (YaQş) kafolatlar töğrisidagi bitimi doirasida tekşiruv ötkazgan. AEXAning ta’kidlaşiça, çaqirib olingan barça xodimlar «boyitiş texnologiyalari sohasida noyob bilimga ega» agentlik mutaxassislari bölgan.
Eron Taşqi işlar vazirligi inspektorlarning çiqarib yuborilişi AQŞ, Fransiya, Germaniya va Britaniyaning «siyosiy suiiste’moliga» javob ekanligini bildirdi. Umuman olganda, OAV xabarlariga köra, Fransiya va Germaniyadan sakkiz nafar inspektor akkreditatsiyadan mahrum qilingan.
Grossi, şuningdek, 18 sentabr kuni Tehronni qarorini qayta körib çiqişga çaqirib, Eron rasmiylarining hamkorlikdan boş tortişi jiddiy oqibatlarga olib kelişidan ogohlantirgan. «Agar ular AEXA bilan hamkorlik qilmasa, xohlagan narsaga erişa olmaydi: ular körmoqçi bölgan kafolatlar, körmoqçi bölgan tasdiqlar, xalqaro hamjamiyatning ma’qullaşi», dedi Grossi AFP’ga.












