Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida köp qavatli uylardan birining yölagida 7 yoşli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoşli erkak 18 yilga qamaldi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari axborot xizmati xabar qildi.
2023 yil 20 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida X.A.ga (1968 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, nafaqada, muqaddam Jinoyat kodeksining 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 1-qismi bilan sudlangan) oid jinoyat işini körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Uşbu jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudining raisi Ş. Bakayev raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq X.A. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zörlik işlatib ğayritabiiy usulda qondiriş) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni qattiq tartibli koloniyalarida ötaşi belgilandi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 7 iyun kuni soat 17:00 da Mirzo Uluğbek tumanida (Musavvirlar bekati) begona erkak 7 yoşli qiz orqasidan pod’yezdga kirgani va unga hujum qilgani aks etgan video tarqalgandi. Erkak qizni qörqitib, röparadagi eşik oldiga olib borib (köça eşigidan birov körib qolmasligi uçun), qizga tegingan va turli uyatsiz xatti-harakatlar sodir etgan. Eşik oçilganda u voqea joyidan qoçib ketadi.

Vaziyatdan xabar topgan jabrlanuvçining ota-onasi darhol içki işlar organlariga murojaat qiladi. 9 iyun kuni Toşkent şahar IIBB gumonlanuvçi şaxs uşlanganini ma’lum qilgandi.












