Toşkent şahridagi köp qavatli uylardan birida 16-avgust kuni yonğin sodir böldi. 

Poytaxt FVBBga Mirzo Uluğbek tumani Asaka köçasida joylaşgan uyning tom qismida yonğin sodir bölayotgani haqida soat 22:02 da xabar kelib tuşgan. 

Ta’kidlanişiça, qutqaruv bölinmasi voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan, yonğin soat 22:43 da qurşab olingan va soat 23:33 da öçirilgan.

Tarmoqlarda paydo bölgan videoda öt öçiriş maşinasi köpqavatli uyning arkasi sabab uning hovlisiga kira olmagani aks etgan video tarqaldi. Şuningdek, tasvirlarda yonğin binoning mansarda qismida joylaşgan xonadonlarga ham ötgani körinadi.

Idora xabarida hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöqligi ma’lum qilingan. Hozirda yonğin sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.