Temur Malik va Buyuk ipak yöli köçalari kesişmasidagi yo‘l ötkazgiçning bir qismi köçib tuşgani holati yuzasidan bir neça kişi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sudlanuvçilar
Jinoyat işida 6 kişi sudlangan.
Bular:
Akmal Murodov – “Özyölköprik klasterining Toşkent viloyati filiali” davlat muassasasi 12-turkumli umumiy işlar böyiça direktor örinbosari;
Sanjar Mannonov – “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” DM direktor örinbosari – boş muhandisi;
Zafar Şaraxmedov – “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” DM muhandislik texnik nazorat va bajarilgan işlarni qabul qiliş bölim boş mutaxassisi;
Abdumutal Isropilov – “Özyölköprik klasterining Toşkent viloyati filiali” DM işlar bölimi iş boşqaruvçisi;
Nurşod Mavlonov – “Yo‘l loyiha byurosi” MÇJ 1-sun’iy inşootlarni loyihalaştiriş bölimi loyiha boş muhandisi;
Obid Adilov – “Grand nur yo‘l qurilish” MÇJ direktori.
Sudlanuvçilarga garov ehtiyot çorasi qöllangan. Ikki nafariga qöllangan qamoq va biriga qöllangan uy qamoği ehtiyot çorasi keyinçalik garovga özgartirilgan.
Ayblov
Sud hukmiga köra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi qarori bilan Toşkent halqa yölining Temur Malik köçasidan ötgan bir qismini hamda uşbu yöldagi yo‘l ötkazgiçni rekonstruksiya qiliş va yangisini quriş belgilangan. Şu maqsadda “Özyölköprik klasterining Toşkent viloyati filiali” DM va “Umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş direksiyasi” DM örtasida 1-bosqiç uçun 2024-yil yanvar oyida qiymati 118 mlrd 996 mln sömlik, 2024-yil avgust oyida qöşimça kelişuvlar bilan 94 mlrd 15 mln sömlik pudrat şartnomalari tuzilgan.



















