Kuz mavsumi boşlanişi bilan dunyoning ba’zi mintaqalarida koronavirus mavzusi yana kun tartibiga çiqdi. Epidemiologik hisobotlarda ayrim davlatlarda kasallanişlar soni ösişi qayd etilmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi (SSV) xabar berdi.
Qayd qilinişiça, mutaxassislar buni COVID-19 yangi — BA.2.86 ştammi tarqalayotgani bilan izohlayapti. «Pirola» deb nomlangan mazkur mutatsiya ilk bor şu yil avgust oyida Fransiyada aniqlangandi. Köp ötmay u Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Şvetsiya, Norvegiya, Şveytsariya, Tailand va AQŞ kabi mamlakatlarda ham röyxatga olindi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) yangi ştammni kuzatuv ostiga olgaç, çuqur laboratoriya tekşiruvlari natijasida uning tarkibida Spike genining 30 dan ziyod mutatsiyasi mavjudligini aniqladi. Bu «Pirola»ning yuqumlilik körsatkiçi yuqoriligini tasdiqlaydi.
Dastlabki örganişlarga köra, BA.2.86 alomatlari sönggi uç yil içida tarqalgan boşqa koronavirus ştammlari singari ötkir respirator virusli infeksiyalar (ÖRVI) simptomlariga öxşaş.
Bemorlarda isitma, uzoq muddatli yötal, boş oğriği, holsizlik, hid va ta’m biliş qobiliyati yöqolişi kabi qator belgilar kuzatilmoqda. Kasallik ba’zilarda nisbatan yengil ötayotgan bölsa, boşqalarda xastalikning çekinişi uçun bir haftadan köproq vaqt zarur bölyapti.
Sönggi ma’lumotlarga köra, hozirgaça, BA.2.86 bilan boğliq ölim holatlari qayd etilmagan.
Avvalroq, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mamlakatimizda va qöşni davlatlarda koronavirusning uşbu ştammi bilan kasallanganlar qayd etilmagani, Özbekistonda epidemologik vaziyat barqaror ekani haqida xabar bergan edi.












