Kuz - mavsumiy kasalliklar avj oladigan davr. Ayniqsa, bu faslda gripp va ötkir respirator virusli infeksiyalarga çaliniş holatlari köpayadi. Xöş, şamollaş mavsumiga qanday tayyorgarlik köriş, bolalarni ÖRVI dan himoyalaş va kasallikni yengil ötkaziş uçun nimalarga eʼtibor beriş zarur? Quyida Soğliqni saqlaş vazirligining bu boradagi muhim tavsiyalari bilan tanişasiz.
Kuzda yuqumli kasalliklar nega köpayadi?
Kuzda havo salqinlaşadi, bolalar taʼtildan maktabga qaytadi, odamlar esa köproq yopiq xonalarda vaqt ötkazadi. Bu virus va boşqa infeksiyalarning yuqişini osonlaştiradi. Sovuq kunlarda eşik va derazalar yopilib, xona havosi kam almaştirilişi ham viruslar tarqalişiga qulay şaroit yaratadi.
Sovuq harorat yuqori nafas yöllaridagi tuğma immunitet hujayralari faoliyatiga salbiy taʼsir körsatişi, quruq havo esa şilliq qavatlar himoya xususiyatlarini özgartirişi mumkin. Kamharakatlilik ham organizmning kasalliklarga qarşi kuraşiş qobiliyatini susaytiradi.
Bolalarni yuqumli xastaliklardan qanday asraş kerak?
Yuqumli kasalliklar, asosan, havo-tomçi yöli orqali yuqadi. Şu bois bolaga qöllarni, ayniqsa, ovqatlanişdan oldin va hojatxonadan keyin sovunlab yuvişni örgatiş, bemorlar bilan yaqin muloqotni çeklaş muhim.
Agar bolada burun oqişi, yötal, tomoq oğriği yoki isitma paydo bölsa, uni maktab yoki boğçaga yubormaslik tavsiya etiladi. Bu uning tezroq soğayişi va infeksiya boşqalarga tarqalmasligiga yordam beradi. Bolani ob-havoga mos kiyintiriş, nam kiyimda yurmasligiga eʼtibor beriş zarur.
Ratsionda sabzavot va mevalar, sut mahsulotlari, tuxum, göşt, baliq va dukkakli mahsulotlar yetarli bölişi, gazli va energetik içimliklar, çips, suxarik hamda ortiqça şirinliklar esa çeklanişi lozim.
Yetarli uyqu ham muhim. Bolani bir vaqtda uxlab, bir vaqtda turişga odatlantiriş, uyqudan oldin telefon va planşetdan foydalanişni çeklaş tavsiya etiladi.
Gripp nega xavfli xastalik deyiladi?
Gripp - ötkir va tez yuquvçi kasallik. Uning asosiy manbai gripp bilan oğrigan bemor hisoblanadi. Xavf guruhiga 6 yoşgaça bölgan bolalar, 65 yoşdan oşgan keksalar va homilador ayollar kiradi. Xastalik burun, tomoq, bronxlar va ayrim hollarda öpkani zararlaydi.







