Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya va Ukraina hududlarida bölib turgan Özbekiston fuqarolarini yana bir bor ogohlikka çaqirdi.

Sönggi kunlarda Rossiya va Ukraina örtasidagi harbiy harakatlar hamda uşbu davlatlar hududlarida bölib turgan Özbekiston fuqarolari bilan boğliq turli xabarlar tarqalayotgani qayd etilgan.

«Şu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtinça mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina örtasidagi ziddiyatli hududlarga işlaş maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda iştirok etmaslikni söraymiz», — deyiladi xabarda.

Özbekiston fuqarolari çet davlatlarning (şu jumladan, Rossiyaning) harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kiriş, yollangani uçun Özbekiston Jinoyat kodeksining 154,1-moddasiga köra 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi eslatib ötilgan.

  • 2023 yil yozida Rossiya tomoni Donetsk oblastida Özbekistondan kelgan quruvçilarning pasportlarini olib qöyib, ularni köngilli sifatida uruşga yuborgani haqida xabar tarqalgandi.
  • Ukrainaning Toşkentdagi elçixonasi Özbekiston fuqarolarini Rossiyaning uşbu davlatga qarşi uruşida qatnaşmaslik va Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlariga bormaslikka çaqirgandi.