Donetsk oblastining vaqtinça okkupatsiya qilingan Horlivka şahridagi Rossiya armiyasi bölinmalarida Özbekiston fuqarolari ham borligi aniqlandi. Bu haqda Ukraina qurolli kuçlari boş ştabining kunlik hisobotida keltirilgan.
«Mazkur şaxslar Mariupolga quriliş işlari uçun kelgan. Yetib kelgaç, ularning pasportlari olib qöyilib, köngillilar sifatida bosqinçi kuçlar safiga safarbar qilingan», — deyilgan xabarda.
Horlivka Mariupol şahridan 115 km şimolda, Donetsk şahridan Baxmutga olib boruvçi yöl böyida, front çiziğida joylaşgan.
Biroz avvalroq, Rossiyaning Volgograd şahrida özbekistonlik mehnat muhojirlarini «maxsus harbiy amaliyot»ga çaqiriş boşlangani haqida xabar paydo bölgandi. Mahalliy aholi vakillari jamoat transporti salonlarida şunday çaqiriqlar aks etgan plakatlarga guvoh bölişgan.
«Bu avtobuslarda xorijliklar yurişadi. Bu reklama ular uçun. Reklamani biz joylaştirdik va özbek tilidan boşlaşga qaror qildik. Kelgusida biz bu taşviqotni boşqa tillarda ham olib boramiz: tojik, qozoq va hokazo. Bunday e’lonlarni avtobuslardan boşqa joylarda ham joylaştiriş haqida hozirça buyruq bölmadi», – degan saralaş punkti xodimi mahalliy naşrlardan biriga bergan izohida.

Mart oyida Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpoğistonning Ellikqal’a tumanida yaşovçi, Rossiyada qamoq muddatini ötagan fuqaro Ukrainada halok bölgani haqida xabar bergan edi. U Ukrainaga quriliş işlari uçun jönatilgan va u turgan joyga snaryad kelib tuşgani ma’lum bölgandi.
DXX may oyi oxirida ham Rossiya qamoqxonasidan Ukrainadagi uruşga safarbar qilingan Özbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar bergandi. Marhumning onasi ta’kidlaşiça, u ilgari heç qaçon qöliga qurol olmagan. «Ona, men ularga odamlarni öldirmasligimni, u yerga bormasligimni aytdim, lekin ular baribir meni majburlaşdi», — degan u öğli bilan oxirgi suhbati haqida.













