Namangan viloyatida bolalarning noma’lum moddadan zaharlangani holati böyiça jinoyat işi qözğatilgan va iş Namangan viloyat prokuraturasidan Boş prokuraturaga ötkazilgan. Bu haqda prezident yordamçisi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

Bugun, 23 sentabr kuni Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasining boşqa mas’ullari davlat rahbarining topşiriği bilan Namangan viloyatiga borgan.

“Vaziyatni közimiz bilan köriş uçun şifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxşi, hammalari asta-sekin tuzalişmoqda, köpçiligi soğaygani uçun uyiga – oilasi bağriga qaytarilgan.

Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlaşdik, ularning taşvişiga şerik ekanimizni bildirdik.

Şundan söng boğça tarbiyalanuvçilari bilan sodir bölgan holat yuzasidan soğliqni saqlaş, SES, ta’lim, prokuratura va boşqa tegişli soha mutasaddilari bilan yiğiliş ötkazib, vaziyatni va tekşiruvning borişini muhokama qildik”, – deya yozdi u Telegram-kanalida.

Ma’lum qilinişiça, hozirda örganiş işlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan va natijasi haqida qöşimça ravişda xabar qilinadi.