Osiyo Öyinlaridagi bayroqdorimiz Muzaffarbek Töraboyev dzyudo böyiça -100 kg vazn toifasida çempionlikni qölga kiritib, Özbekistonning Osiyo Öyinlari-2022dagi beşinçi oltin medali sohibiga aylandi.U qiziqarli keçgan final bahsida möğulistonlik Gonçigsuren Batxuyagni mağlubiyatga uçratdi.

Muzaffarbek Töraboyev çorakfinalda turkmanistonlik sportçini, yarimfinalda esa Qozoğiston vakilini mağlub etib finalga çiqqandi. 

Ma’lumot uçun, hozirgaça dzyudoçilardan ikki sportçi oltin medalga ega çiqqandi. Dastlabki kunda Diyora Keldiyorova Osiyo Öyinlari-2022 ğolibiga aylangan bölsa, duşanba kuni Murodjon Yöldoşev çempionlikka erişgandi. Davlat Bobonov bugun kumuş medaliga ega çiqqandi. Vakillarimiz dzyudo böyiça hozirça umumjamoa hisobida jami 7ta medal (3ta oltin, 1ta kumuş, 3ta bronza) bilan Yaponiyadan keyingi 2-örinni egallab turibdi.

Qayd etiş joiz, Töraboyevning oltin medali Özbekistonning Osiyo Öyinlari-2022dagi 20-medaliga aylandi. Delegatsiyamiz hozirça 5ta oltin, 6ta kumuş va 9ta bronza medaliga egalik qilib, umumjamoa hisobida 4-örinda bormoqda.