Özbekiston tibbiy oliy ta’limida talabalarning bilim va könikmalarini baholaş, ularning malakali kadr bölib yetişişini ta’minlaşga qaratilgan qator özgarişlar amalga oşiriladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi Ilm-fan va ta’lim boşqarmasi boşliği Öktam Ismoilov ma’lumot berdi.
«2023/2024 öquv yilidan boşlab bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura bosqiçlari talabalarining nazariy hamda amaliy bilim-könikmalari inson omilisiz, maxsus robot-simulyatorlar orqali baholanadi», dedi Ismoilov.
«Ma’muriy islohotlar doirasida soğliqni saqlaş sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori bilan tasdiqlangan «Yöl xaritasi»da tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş muassasalari uçun ularning budjetdan taşqari mablağlari hisobidan simulyator uskunalarini xarid qiliş vazifasi belgilangan edi. Muassasalarda uşbu uskunalarni örnatiş işlari olib borilmoqda», deb qöşimça qildi u.
Qayd qilinişiça, talabalar klinik imtihonlardan öta olsa, şifokor bölib işlaşiga ruxsat beriladi
2024-2025 öquv yilidan barça davlat va nodavlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida ikki bosqiçli davlat imtihonlarini ötkaziş tizimi joriy etiladi. 1-bosqiçda talabalar fundamental fanlar böyiça yakuniy davlat imtihonlarini topşirsa, 2-bosqiçda klinik fanlarni özlaştirganlik darajasi baholanadi. Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topşirganlarga kursdan kursga ötişga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxşi natija körsatganlarning esa amaliyotda şifokor bölib işlaşiga ruxsat etiladi. Ordinaturaga va internaturaga kiriş imtihonlari ham inson omilisiz ötkaziladi.
Şu bilan birga, Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan 2023/2024 öquv yilida klinik ordinatura va internatura yönalişi böyiça imtihonlarni taşkil etiş maqsadida test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, baholaş mezonlari va ularni şakllantiruvçi ekspertlar guruhi tasdiqlangan.
Bu yildan boşlab klinik ordinatura va internaturaga kiriş imtihonlari inson omilidan butunlay xoli bölişi aytilmoqda. Şu paytgaça qabul jarayoni suhbat asosida ötkazilgan edi.
Endi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantiriş markazi, respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy tadqiqot institutlarida klinik ordinatura va internatura mutaxassisliklari böyiça kiriş imtihonlari bir bosqiçli test sinovlari asosida Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan ötkaziladi.
Bunda har bir talabgor uçun BHM yarim baravari miqdoridagi tölov tegişli tibbiy ta’lim muassasasi tomonidan tölab berilişi belgilangan. Qabul jarayonlari yiliga 2 marta taşkil etiladi.
Şuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari tor soha mutaxassislari tayyorlaşda iştirok etadi. «Yöl xatirasi»ga asosan yetakçi xususiy klinikalarda klinik ordinatura dasturlari asosida tor doiradagi mutaxassislarni tayyorlaş va malakasini oşirişni taşkil etiş közda tutilgan.
Davlat tibbiy oliy ta’lim muassasalarining xirurgiya, kardiologiya, stomatologiya va terapiya kabi qator kafedralariga rivojlangan xususiy köp tarmoqli tibbiyot muassasalarida öquv-klinik amaliyot bazasini taşkil etişga ruxsat beriladi.
Xususiy tibbiyot muassasalarining klinik ordinaturaga qabul jarayonlari ham davlat muassasalarida bölganidek, Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan bir bosqiçli test şaklida yiliga 2 marta amalga oşiriladi.












