Geosiyosiy işonçsizlik va raqobat yadroviy xavfni sovuq uruşdan beri kuzatilmagan eng yuqori darajaga oşirdi. Bu haqda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 26 sentabrda nişonlangan Xalqaro yadro qurolini butunlay yöq qiliş kuni munosabati bilan yöllagan murojaatida aytib ötdi.

BMT rahbarining sözlariga köra, yadro qurolidan foydalaniş, tarqatiş va sinovdan ötkazişning oldini oliş böyiça önlab yillar davomida katta qiyinçilik bilan erişilgan yutuqlar endi orqaga qaytarilmoqda.

«Uşbu muhim kunda biz yadro qurolidan xoli dunyoga va undan foydalaniş olib keladigan humanitar falokatning oldini olişga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», dedi boş kotib.

Bu, Guterrişning fikriça, yadro quroliga ega davlatlar qurolsizlaniş böyiça öz vazifasini bajarib, heç qaçon heç qanday şaroitda yadro qurolidan foydalanmaslik majburiyatini olib, namuna körsatişi kerakligini anglatadi.

Bu şuningdek, dedi u, yadroviy qurolsizlaniş va tarqatmaslik rejimini, jumladan, Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma va Yadro qurolini taqiqlaş töğrisidagi şartnoma doirasida mustahkamlab qöyişni ham bildiradi.

Guterriş Yadroviy sinovlarni töliq taqiqlaş töğrisidagi şartnomani hali ratifikatsiya qilmagan barça davlatlarni buni zudlik bilan amalga oşirişga, yadroviy qurolga ega davlatlarni esa barça yadroviy sinovlarga moratoriy joriy etişga çaqirdi.

«Yadroviy xavfni bartaraf etişning yagona yöli - yadroviy qurolni yöq qiliş», deb yakunladi Antonio Guterres öz murojaatini. - Keling, bu falokat vositasi faqat tarix kitoblarida öz örnini egallaşi uçun birgalikda harakat qilaylik».