Şu yilning 23-29 oktyabr kunlari Nukus şahrida matematika fani böyiça Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada ötkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Mazkur xalqaro olimpiada Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va Qoraqalpoğiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda taşkil etilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida har ikki yilda bir marta matematika böyiça Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada taşkil etiladi.

Olimpiada ğoliblariga (Özbekiston fuqarolari) matematika, fizika, axborot texnologiyalari yönalişlari böyiça magistratura bosqiçiga kvotadan taşqari davlat granti asosida kiriş huquqi beriladi. Mazkur huquq bakalavr bosqiçini bitirgandan keyin 3 yil mobaynida saqlab qolinadi.