Şimoliy Koreya hukumati KXDR 14-Oliy xalq assambleyasining töqqizinçi sessiyasida mamlakat konstitutsiyasida yadroviy kuçlarni kuçaytiriş siyosatini rasman mustahkamlab qöydi, deb xabar bermoqda Reuters 28 sentabr, payşanba kuni Şimoliy Koreya davlat OAVga tayanib.

Konstitutsiyaning moddalaridan biriga tegişli özgartirişlar kiritildi. Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA) uşbu tuzatişni «kun tartibidagi asosiy masala» deb atadi.

Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In uşbu tuzatişlarni «tarixiy voqea» deb atadi. «Davlatimiz yadro siyosatini oliy qonun bilan ta’minlaşga qaratilgan zarur tarixiy-siyosiy vazifa a’lo darajada bajarildi», – dedi u. 

Kim Çen In, şuningdek, «strategik tiyib turişda ma’lum ustunlikni saqlab qoliş uçun yadroviy qurolni modernizatsiya qilişni tezlaştiriş»ga çaqirdi. Bundan taşqari, Kim Çen In öz nutqida KXDRni «AQŞ va Ğarb gegemonligi strategiyasiga qarşi bölgan davlatlar bilan birdamlikni mustahkamlaşda davom etişga» çaqirdi hamda AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya örtasidagi uç tomonlama hamkorlikni qoralab, uni «NATOning Osiyo versiyasi» deb atadi.