Hangjoudagi stadionda ötgan öyinda Temur Kapadze şogirdlari bahsni hujumkor boşlab, 24-daqiqada Jasur Jaloliddinovning uzatmasidan keyin Mirazamat Mirsaidov çiroyli goli bilan hisobni oçdi – 1:0.

Birinçi bölim yakunida esa darvozabon Vladimir Nazarovning uzatmasidan keyin Alişer Odilov raqib jamoa himoyaçilari va darvozabonini ortda qoldirib, uzoq masofadan böş darvozani işğol etdi – 2:0.

Ikkinçi bölimni nisbatan xotirjamroq ötkazgan vakillarimiz 65-daqiqada himoyadagi böş öyin uçun jazolanişdi – 2:1.

Qolgan daqiqalarda ğalabali hisobni saqlab qolgan olimpiyaçilarimiz Saudiya tösiğidan ötib, yarimfinalga yöllanma olgan dastlabki jamoaga aylanişdi. Kapadze şogirdlari yarimfinalda Xitoy – Janubiy Koreya uçraşuvi ğolibiga qarşi öynaydi. Bahs 4 oktyabrda ötkaziladi.

Eslatib ötamiz, kuni keça Özbekiston ayollar futbol jamoasi ham Xitoy Taypeyini mağlub (2:1) etib, Şimoliy Koreyaga qarşi ötadigan yarimfinalga yöllanma olgandi.

Osiyo Öyinlari-2022. Futbol. Çorakfinal
Özbekiston U23 – Saudiya Arabistoni U23 – 2:1
Gollar: Saidazamat Mirsaidov 24, Alişer Odilov 44 – Muhammad Marran 65.
Özbekiston: 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov (Ruslanbek Jiyanov, 77), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 8.Behzod Şamsiyev (Mahmudjon Mahamadjonov, 67), 10.Jasur Jaloliddinov, 14.Ibrohimxalil Yöldoşev, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Abdurauf Böriyev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norçayev, 22.Alişer Odilov.
Zaxira: Hamidillo Abdunabiyev, Otabek Boymurodov, Şohjahon Sultonmurodov, Otabek Jöraqöziyev, Şerzod Esanov, Eldorbek Begimov.
Saudiya Arabistoni: 21. Ahmad Fahad, 2. Muhammad Vohib Abu Aş-Şamat, 4. Rayyon Muhammad Hamid, 5. Muhammad Al-Ya’mi, 12. Zakariyo Havsavi, 8. Faysal Al-Ğamdi, 10. Saad Fahad Alhn-Nassr, 11. Ahmad Mazen Al-Ğamdi, 14. Avad Haydar, 18. Musab Aj-Juvayr, 16. Muhammad Marran.