Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi AUKUS xavfsizlik alyansi doirasida suvosti kemalarini quriş uçun 4 milliard funt sterlinglik (4,6 milliard yevro) yangi şartnoma imzoladi. Bu haqda Britaniya mahkamasi rahbari Grant Şepps 1 oktyabr, yakşanba kuni hukmron Konservativ partiyaning Mançester şahrida bölib ötgan qurultoyida ma’lum qildi. «Bugun men Buyuk Britaniyaning yetakçi kompaniyalari bilan Qirollik dengiz floti tarixidagi eng kuçli hujumkor suvosti kemalarini yaratişni jadallaştiriş böyiça şartnoma imzolaganimizni e’lon qilişim mumkin», dedi Şepps.
Buyuk Britaniyaning yirik korxonalari ilğor suvosti kemalarini işlab çiqiş va işlab çiqarişda iştirok etadi. Batafsil loyihalaş bosqiçida BAE Systems, Rolls-Royce va Babcock Marine bilan uzoq muddatli şartnomalar imzolanişi «Buyuk Britaniya uçun ham, umuman uç tomonlama AUKUS dasturi uçun ham kelajak yadroviy hujumkor suvosti kemalari sinfini rivojlantiriş oldidan muhim bosqiçdir», deyiladi Britaniya Mudofaa vazirligi saytida.
Britaniyaning Astute sinfidagi suvosti kemalari örnini bosuvçi birinçi SSN-AUKUS suvosti kemasi 2030-yillarning oxirida Britaniya Harbiy-dengiz kuçlariga taqdim etilişi kutilmoqda. Mudofaa vazirligi veb-saytidagi bayonotga köra, «bular Qirollik dengiz floti tomonidan boşqariladigan eng katta, eng zamonaviy va eng kuçli hujumkor suvosti kemalari böladi».
AQŞ va Avstraliya iştirokidagi ittifoq
AUKUS nomi 2021 yilda tuzilgan xavfsizlik ittifoqiga a’zo bölgan uç mamlakat: Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQŞ davlatining birinçi harflaridan olingan. Uşbu hamkorlik turli xil turdagi qöşma harbiy işlanmalardan taşqari, Avstraliya uçun yadroviy suvosti kemalarini qurişni ham öz içiga oladi. Avstraliya 2040-yillar boşida AQŞ va Britaniya texnologiyalaridan foydalangan holda özining birinçi suvosti kemasi SSN-AUKUS’dan foydalanişni boşlaşi kutilmoqda.
Britaniya suvosti kemalari qurilişi asosan Britaniyaning Barrou-in- Fernessdagi kemasozlik zavodida amalga oşiriladi, Avstraliya esa yaqin ön yil içida suvosti kemalari uçun özining sanoat bazasini rivojlantiriş va ularni öz hududida işlab çiqariş ustida iş olib boradi, Rolls-Royce esa Britaniya va Avstraliya suvosti kemalari uçun yadroviy reaktorlar yetkazib beradi.












