2023 yil uçun fiziologiya yoki tibbiyot böyiça Nobel mukofoti Pensilvaniya universiteti (AQŞ)dan Dryu Vaysman va Katalin Karikoga berildi, ularning işlari koronavirusga qarşi mRNK vaksinalarini yaratişga asos bölgan. Bu haqda 2 oktyabr, duşanba kuni Şvetsiya poytaxtida uşbu mukofotni topşiruvçi Stokholmdagi qirollik Karolina tibbiy-jarrohlik instituti ma’lum qildi.
Ötgan yillarda tibbiyot böyiça Nobel mukofoti laureatlari
Tibbiyot böyiça Nobel mukofoti jami 113 marta berilgan bölib, 2022 yilgaça 225 nafar ğolib aniqlangan.
BREAKING NEWS
— The Nobel Prize (@NobelPrize) October 2, 2023
The 2023 #NobelPrize in Physiology or Medicine has been awarded to Katalin Karikó and Drew Weissman for their discoveries concerning nucleoside base modifications that enabled the development of effective mRNA vaccines against COVID-19. pic.twitter.com/Y62uJDlNMj
Şvetsiyalik biolog Svante Pabo 2022 yilgi tibbiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi. U yöq bölib ketgan gominidlar genomi va inson evolyutsiyasi sohasidagi kaşfiyotlari uçun laureatga aylandi.
2021 yilda amerikalik tadqiqotçilar Devid Julius va Ardem Pataputyan fiziologiya yoki tibbiyot böyiça Nobel mukofotiga sazovor böldi. Ular inson tanasining harorat va teginişni his qilişiga imkon beruvçi retseptorlarni kaşf etgani uçun mukofotni oldi. 2020 yilda gepatit C virusini aniqlaşga katta hissa qöşgan amerikalik virusologlar Xarvi Olter, Çarlz Rays va britaniyalik Maykl Xauton mukofot ğoliblari böldi.











