Germaniyaning ommabop Heilbronner-Stimme gazetasida «Markaziy Osiyoning ahamiyati ortib bormoqda» sarlavhali maqola çop etildi, deya xabar bermoqda «Dunyo».

Maqola muallifi Yurgen Paul geosiyosiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bölgan Markaziy Osiyo davlatlari bugungi kunda dunyo mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini tobora rivojlantirişga intilmoqda, deya ta’kidlagan.

«Aholisi 36 milliondan iborat Özbekistonda yoşlar aholining katta qismini taşkil etadi. Özbekiston hukumati yoşlarning xorijga ta’lim olişi va işga çiqişini turli usullarda qöllab-quvvatlamoqda. Bir neça hafta ilgari yuqori darajadagi Özbekiston delegatsiyasi Germaniyaga, Baden-Vyurtemberg federal yeridagi firma va kompaniyalarga taşrif buyurgan va bölib ötgan muzokaralarda Özbekiston tomoni nemis işbilarmonlariga işçi kuçi jalb etiş böyiça öz takliflarini ma’lum qilgan»,- qayd etadi muallif.

Maqola intihosida «29 sentabr kuni «Markaziy Osiyo-Germaniya» davlat rahbarlarining birinçi sammiti bölib ötdi. Markaziy Osiyo davlat rahbarlari dastlab Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan uçraşdi. Şu kunning özida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Germaniya federal kansleri Olaf Şols iştirokida uçraşuv bölib ötdi, unda tomonlar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi», - deb yozgan Heilbronner-Stimme.