«Navbahor» öz tarixida muxlislari qarşisida ötkazgan Osiyo Çempionlar ligasidagi debyutida birinçi bölimda hisobni oça bilmadi. Aksinça, mehmonlar penaltidan foydalana olişmadi.

Ikkinçi bölimga kelib Samvel Babayan şogirdlari uyğonişdi. Jamşid Iskanderov ajoyib zarbasi bilan hisobni oçgan bölsa, Oston Örunovning çiroyli uzatmasidan keyin Jasur Yaxşiboyev ikkinçi golga mualliflik qildi. Temurxöja Abduxoliqovning 87-daqiqadagi uzatmasidan keyin esa Doniyor Abdumannopov hisobni yirik körinişga keltirdi – 3:0.

Şu tariqa, Namangan klubi 4 oçko bilan guruh peşqamiga aylandi. Guruhdagi ikkinçi öyin bugun «Nassaji Mozandaron» (3 oçko) va «Al-Hilol» (1 oçko) örtasida bölib ötadi.

 OÇL. «D» guruhi. 2-tur

«Navbahor» – «Mumbay Siti» (Hindiston) 3:0
Hakam: Muhammad Nazmi (Malayziya)
Gollar: Jamşid Iskanderov 52, Jasur Yaxşiboyev 58, Doniyor Abdumannopov 87.
«Navbahor»: 1.Ötkir Yusupov, 5.Miloş Miloviç, 6.Ibrohim Yöldoşev, 7.Oston Örunov (19.Doniyor Abdumannopov,82), 8.Jasurbek Yaxşiboyev (77.Asadbek Sobirjonov, 82), 10.Jamşid Iskanderov, 13.Filip Ivanoviç, 14.Jamşid Boltaboyev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokiç, 91.Toma Tabatadze (21.Temurxöja Abduxoliqov,72)
«Mumbay Siti»: 1.Purba Laçenpa, 4.Tiri, 5.Mehtab Singh, 6.Vikram Partap (29.Bipin Singh, 70), 7.Lalliagzuala Çhangte (23.Abdunosir El Xayati,58), 8.Van Nieff, 18.Rostin Griffits, 24.Greg Styuart, 30.Jorjye Pereyra Dias, 31.Akaş Mişra, 45.Lalengmavia.
Foydalanilmagan penalti: Greg Styuart («Mumbay Siti»), 42.