Özaro öyin: 29 yil avvalgi töqnaşuv

Özbekiston va Janubiy Koreyaning Osiyo Öyinlaridagi ilk töqnaşuvi 1994 yil Xirosimada ötgan turnirda qayd etilgan. 29 yil avvalgi bahsda ham bu raqiblar yarimfinalga özaro töqnaş kelgan va Azamat Abduraimovning yagona goli Rustam Akromov va Birodar Abduraimov murabbiyligidagi vakillarimizga final yöllanmasini taqdim etgandi. Temur Kapadze şogirdlari uşbu tarixiy natijani takrorlaşi talab etiladi.

 Yarimfinalga kim qanday yetib keldi?

Özbekiston joy olgan guruhda Afğoniston va Suriya olimpiya jamoalari Xitoydagi turnirga kelişdan boş tortgaç, taşkilotçilar qaroriga köra, vakillarimiz guruhdagi Hongkongga qarşi ikki öyin natijasiga köra, 1-örin sohibini aniqlaşi lozim edi. Hongkong ustidan ikki ğalabaga erişgan olimpiyaçilar nimçorakfinalda Indoneziyani mağlub etişdi. Çorakfinalda esa Saudiya Arabistoni uyiga ravona qilingaç, Janubiy Koreya yarimfinaldagi raqibimizga aylandi.

Janubiy Koreya esa guruh bosqiçida Kuvayt, Tailand va Bahrayn ustidan yirik ğalabalarga erişib, nimçorakfinalda ham Qirğizistonni ayab ötirmadi. Çorakfinalda esa mezbonlar mağlub etilgaç, Özbekistonga qarşi final yöllanmasi uçun kuraşadigan böldi. 

Özbekistonning yarimfinalga qadar öyinlari:

1-tur. Özbekiston – Hongkong – 1:0

2-tur. Özbekiston – Hongkong – 2:1

1/8 final. Özbekiston – Indoneziya – 2:0

1/4 final. Özbekiston – Saudiya Arabistoni – 2:1

Yarimfinal: Janubiy Koreya – Özbekiston

Janubiy Koreyaning yarimfinalga qadar öyinlari:

1-tur. J.Koreya – Kuvayt – 9:0

2-tur. J.Koreya – Tailand – 4:0

3-tur. J.Koreya – Bahrayn – 3:0

1/8 final. J.Koreya – Qirğiziston – 5:1

1/4 final. J.Koreya – Xitoy – 2:0

Yarimfinal: Janubiy Koreya – Özbekiston

Transfer bahosi: Qaysi jamoa qimmatroq?

Özbekiston olimpiya jamoasi Osiyo Öyinlarida umumiy transfer qiymati böyiça faqatgina Janubiy Koreyadan ortda qolmoqda. Koreyslar bu borada turnirning eng qimmat jamoasi sanaladi – 42,5 million yevro. Temur Kapadze şogirdlarining umumiy qiymati esa 8,3 million yevroga baholanib, turnirning eng qimmatbaho 2-jamoasiga aylangan.

Qayd etiş joiz, Janubiy Koreya U23 jamoasi umumiy qiymatining teng yarmidan köproği faqat bir öyinçi – Li Kan In transfer bahosiga tegişli – 22 million yevro. «PSJ»ning 22 yoşli vingeri guruh bosqiçidan keyin jamoa safiga kelib qöşilgan.

Parij klubi va jamoa ustozi Luis Enrike öyinçini Xitoydagi turnirga qöyib yuborişiga majbur emasdi, ammo Li Kan In Janubiy Koreyada majburiy harbiy xizmatga borişdan ozod bölişi uçun qonunga köra, eng kamida Osiyo Öyinlari ğolibiga aylanişi şart. Şu bois Fransiya klubi öyinçining kelajagini öylab uni Osiyo Öyinlarida ğolib böliş uçun qöyib yuborişga qaror qildi. U pley-off bahslarida Qirğiziston va Xitoyning mağlub etilişiga hissa qöşdi. Qayd etiş joiz, 2018 yilgi Osiyo Öyinlarida Son Hyon Min Janubiy Koreya bilan çempionlikka erişib, şu orqali harbiy xizmatdan ozod etilgandi.

Özbekiston U23ning eng qimmatbaho öyinçilari:

1. Ibrohimxalil Yöldoşev (Nijniy Novgorod, Rossiya) – 900 ming yevro

2. Husayn Norçayev (Alaniya, Rossiya) – 600 ming yevro

3. Jasurbek Jaloliddinov (Olimpik, Özbekiston) – 550 ming yevro

Janubiy Koreya U23ning eng qimmatbaho öyinçilari:

1. Li Kan In (PSJ, Fransiya) – 22 million yevro

2. Xon Xyon Sok (Gent, Belgiya) – 5,5 million yevro

3. Vo Yeng Jyeon (Ştutgart, Germaniya) – 3,5 million yevro.

Anons. Osiyo Öyinlari-2022. Futbol. Yarimfinal

Janubiy Koreya U23 – Özbekiston U23

Xitoy, Hangjou. «Huanglong Stadium».

Öyin boşlaniş vaqti: 17:00

TV-translatsiya: Sport

Usmon Ibodov