Kuz faslida harorat pasayişi, yomğirli kunlar köpayişi hisobiga odamlar quyoş nuridan kamroq bahramand böladi. Oqibatda immunitet tizimi zaiflaşib, mavsumiy kasalliklar avj olişi kuzatiladi. Bunday şaroitda qanday taomlaniş maqsadga muvofiq?
Tajribali diyetolog Yevgeniya Belyuga bu borada öz tavsiyalarini ma’lum qildi. Uning fikriça, mazkur davrda mikroelementlarga boy mahsulotlarni köproq iste’mol qiliş foydali.
Masalan, pomidor va bodring örniga C, A vitamini, foliy kislotasi hamda kaliyga boy qovoq tanovvul qiliş mumkin. B vitamini, A va E darmondorilari, temir, magniy va sinkni öz içiga olgan qovoqça (kabaçki) past kaloriyaliligi bilan afzal sanaladi.
Taomnomani mavsumiy mahsulotlar bilan uyğunlaştiriş maqsadga muvofiq. Masalan, pyure-şörvalar kuz uçun maqbul taom. Sabzavotli şörva vitaminlarga boy. Yoğsizroq tovuq şörvasi ham ortiqça vazndan xalos bölişni istaganlar uçun mos.
«Içimliklar orasida çoy va qahvadek foydali muqobil mahsulot yöq. Xususan, çoy sovuq havoda immunitet tizimini qöllab-quvvatlaydigan darmondorilar, polifenollar, antioksidantlarni öz içiga oladi. Limon, atirgul qöşib tayyorlangan damlama tarkibidagi S vitamini immunitet tizimini mustahkamlaşga yordam beradi. Ammo şakar iste’molini kamaytiriş yaxşiroq», dedi mutaxassis.
Çindan ham, şakar — yuqori kaloriyali mahsulot. Uni ortiqça iste’mol qiliş semirişga olib keladi. Bu esa metabolizm sekinlaşişi, hujayralarning insulinga sezuvçanligi pasayişi va pirovardida 2-toifa diabet kelib çiqişiga sabab böladi.
Şakarni köp miqdorda iste’mol qiliş immun tizimi faoliyatini izdan çiqadi. Oqibatda organizm mavsumiy kasalliklar paytida viruslarga qarşi kuraşişda zaiflaşib qolişi mumkin.












