F guruhi

«Nyukasl» grand bölişga intilmoqda: «PSJ» tor-mor etildi va YeÇLda 20 yil içidagi ilk ğalabaga erişildi

«Nyukasl» — «PSJ» 4:1
Gollar: Almiron (17), Bern (39), Longstaff (50), Şer (90+1) — Ernandes (56). 
«Nyukasl» – Poup, Trippiyer, Şer, Lassels, Bern, Gimaraes, Longstaff, Tonali (Anderson, 65), Almiron (Myorfi, 71), Gordon (Targett, 90), Isak.
«PSJ» – Donnarumma, Hakimi, Markinos, Şkrinyar, Ernandes, Ugarte (Vitinya, 64), Zair-Emeri, Dembele, Mbappe, Kolo-Muani (Barkolya, 57), Ramuş.
Ogohlantirişlar: Ernandes (38), Hakimi (43), Bruno Gimaraes (45), Dembele (67), Gordon (70), Zair-Emeri (81), Poup (87).

«Nyukasl» muxlislari ayni vaqtda eng yaxşi davrlarini boşdan keçirmoqda: ular bu damlarni klubning ziqna xöjayini Mayk Eşlining 14 yillik boşqaruvi davrida sabr bilan kutişdi, bu davrda jamoa ikki bor APLni tark etdi va muxlislar behisob alamli mağlubiyatlarga çidaşga majbur bölişdi. Ammo klub Saudiya Arabistoni suveren fondiga sotilganidan ikki yil ötib fanatlar öz sevimlilarining Çempionlar ligasidagi uzoq kutilgan ğalabasiga guvoh bölişdi — tarkibida Mbappe bölgan «PSJ» ustidan yirik ğalabaga.

«Qarğalar» asosiy yevrokubokka 20 yillik tanaffusdan keyin qaytişdi va bu qaytişni öziga xos tarzda nişonlaşmoqda. 1-turda «Nyukasl» safardan oçko olib qaytgandi, endi esa «Sent-Jyeyms Park» stadionida nihoyat Çempionlar ligasi madhiyasi kuylandi.

«PSJ» bu öyinda inglizlarni maksimal darajada hayron qoldirişga qaror qilgandi. Luis Enrike şunçaki agressiv emas, haddan taşqari agressiv öynaşni maqsad qilgandi. «Barselona»da, Ispaniya milliy jamoasida va boşqa klublarida u hamişa mayda pas va mudofaadan asta-sekinlik bilan çiqişni afzal körgan, köpinça markaziy forvardlarsiz, «aldamçi töqqizlik» bilan harakat qilgan. Bu öyinda esa — birdaniga tört nafar hujumçi tuşirildi: Mbappe, Kolo Muani, Ramuş va Dembele. Enrike bu mavsumda avval ham hujum çiziğida turli joylaşuvlarni sinab körgandi, ammo hali bu qadratli törtlik bir vaqtda boşlanğiç tarkibdan örin olişi kuzatilmagandi.

Bunday ğalati 4-2-4 sxemasi vertikallikka asoslangandi — bu ham Enrike uçun xos bölmagan tanlov. Himoyaçilar «Nyukasl» forvardlarini oldinroqda pressing qilişga jalb qilib, bu orqali hujumga uzun pas beriş orqali ularni öyindan uzib qöyiş közda tutilgandi. Murabbiyning rejasiga köra, bu holatda parijliklarning tört forvardi «Nyukasl»ning tört himoyaçisi bilan birga-bir qolişi kerak edi. Bunday uslubni Roberto De Dzerbi «Brayton»da qöllaydi, faqat u yerda barçasi avtomatizm darajasiga çiqarilgan, «PSJ» esa birinçi öyindanoq buni özlaştirişi qiyin iş edi.

Qolaversa, parijliklar himoyaçilari bosim ostida ideal harakat qila olişmadi va uzun uzatmalar ham öxşamadi. 17-daqiqada Markinios öz jarima maydoni içida juda yomon öynab töpni yöqotdi, Donnarumma Isakning birinçi zarbasini qaytardi, ammo Almiron qaytgan töpga zarba berib uni ojiz qoldirdi va «Sent-Jyeyms Park»ni larzaga keltirdi, u «qarğalar»ning YeÇLda Alan Şirerdan keyin gol urgan ilk futbolçisiga aylandi.

Eddi Hau Enrikening tuzoğiga tuşmadi — «Nyukasl» boş murabbiyi mehmonlarni kuçli pressing qilmoqçi emasdi, uning futbolçilari oldinga taşlanmay, odatiy 4-5-1 sxemasi böyiça örta blokda xotirjamlik bilan himoyalanişdi va barça zonalarni yopişdi. Albatta, mezbonlarning öyini ham benuqson emasdi, masalan, 5-daqiqadayoq Dembele hisobni oçişga yaqin bölgandi, birinçi goldan köp ötmay esa Ramuş jarima maydoni taşqarisidan bergan zarba öta xavfli çiqdi.

Ammo «Nyukasl» maydonda yaxşiroq edi — dastlabki yarim soat ötayotganida Şer burçakdan uzatilgan töpni darvozaga yöllaşiga bir baxya qoldi, bu işni 39-daqiqaga borib baribir boşqa bir himoyaçi Bern uddaladi. Gol urilgan hujum uzoq davom etdi: töp bir neça bor u tomondan bu tomonga ötdi, Donnarumma ikki bor qutqardi, lekin Şkrinyar bilan töp uçun kuraşda ustun kelgan baland böyli himoyaçining zarbasidan keyin töp darvoza çiziğini kesib ötdi, keyin esa «Nyukasl» futbolçilari bu gol videotakror orqali tasdiqlanişini uzoq (yevrokubok uçun rekord darajadagi 100 soniyadan ortiqroq) kutişdi - töp darvoza çiziğini töliq kesib ötganiga, pas bergan futbolçi ofsaydda emasligiga va va hujum davomida Lassals qöl bilan öynamaganiga işonç hosil qiliş talab etildi.

Foto: JAN KRUGER/GETTY IMAGES

Tanaffusda Enrike futbolçilarning joylaşuvlarini özgartirişi kutilgandi, ammo u barçani ajablantirgan holda barçasini öz holida qoldirdi. Bu esa faqat «Nyukasl» foydasiga işladi: Hau kiyim almaştiriş xonasida öz şogirdlariga parijliklardagi nomutanosibliklardan qanday qilib yaxşiroq foydalaniş kerakligini örgatişi tabiiy edi va 50-daqiqadayoq hisob yirik körinişga keltirildi — Trippiyer qiyinçiliksiz «PSJ» mudofaasidagi ulkan teşikni topdi, Longstaff ideal oçilib, zarba berdi, Şkrinyar pozitsiya tanlaşda xato qildi va unga qarşilik körsatmadi, Donnarumma öz darvozasidan uçinçi golni olib çiqdi.

Faqat şundan keyingina fransuzlar jamoasi uyğonib, ilk bor darvoza sohasi tomon aniq zarba berdi. Va şu zarbaning öziyoq golga aylandi, lekin bu golda hujum törtligi iştirok etmadi: markaziy havbek Zair-Emeri töpni jarima maydoni içiga taşlab berdi, unga yetib borgan himoyaçi Ernandez bir teginiş bilan darvozabonni ojiz qoldirdi.

Ba’zida bunday gollar jamoaga impuls berişi va öyinning keçişini butkul özgartirib yuborişi mumkin. Ammo bu safar emas. Parijliklar şundan keyin ham öziga öxşamadi, ayniqsa Mbappe jamoa muxlislarining hafsalasini pir qildi — «PSJ» yetakçisi faqat 85-daqiqaga borib darvoza tomon ilk bor zarba berdi va öz darajasidan ança past öyin körsatdi.

«Nyukasl» Çempionlar ligasiga tasodifan qaytmagani va yana köp yillar turnirda iştirok etmoqçi ekanini namoyiş etdi. Qöşimça daqiqalar boşlanganida Şer fantastik gol urdi va yakuniy hisobni örnatdi.

«Qarğalar» ikki yilça oldin APLda qoliş uçun kuraşayotgandi (jamoa APLda 23-turdan keyin xavfli zonada edi), ammo Saudiya Arabistonidan kelgan saxiy qöllar tufayli jamoa nafaqat YeÇLga yöllanma oldi, balki grand jamoani tor-mor etib, «ölim guruhi»da peşqadam bölib oldi.

«Borussiya» D — «Milan» 0:0
«Borussiya» D – Kobel, Ryuerson, Hummels, Şlotterbek, Bensebayni, Roys (Nmeça, 72), Jan, Brandt (Adeyyemi, 64), Özjan, Malen (Bayno-Gittens, 72), Fyullkrug (Mukoko, 85).
«Milan» – Menyan, Kalabriya (Florensi, 69), Tomori, Tiav, Ernandes, Pobega (Adli, 58), Reynders, Musa, Pulişiç (Çukvueze, 70), Leau, Jiru (Okafor, 69).
Ogohlantirişlar: Şlotterbek (19), Reynders (23), Jan (25), Hummels (81), Musa (88).

Statistika ham ba’zan paradoksal böladi. Masalan, birinçi turda raqamlarga qarab barçasini tuşuniş mumkin edi — «Milan» «Nyukasl»ga öyin bermagan va yigirmadan ortiq zarba yöllagandi. Dortmundda esa «rossonerilar» tanaffusga qadar biror marta darvoza sohasi tomon aniq zarba bera olmadi. Kimdir öylaşi mumkin — mezbonlar bunga yöl qöymagan deb. Amalda esa Stefano Pioli jamoasining omadsizligi davom etdi, vaziyatlardan birida Jiru bir neça metrdan turib töpni darvoza tösini ustidan yuqoriga qarata tepişni uddaladi. Mehmonlarda yana golli vaziyatlar böladigandek tuyulardi, ammo öyin oxirigaça hisob oçilmay qoldi: natijada «Milan» ilk bor Çempionlar ligasini ketma-ket ikki golsiz durang bilan boşladi, qolaversa, qizil-qoralar jamoasida asosiy yevrokubokda ilk bor qatorasiga tört öyindan iborat golsiz seriya qayd etişdi.

26 oktyabr. PSJ — Milan, Nyukasl — Borussiya

N guruhi

«Barselona» ikki yetakçisini yöqotiş evaziga ğalabaga erişdi

«Portu» — «Barselona» 0:1
Gol: Torres (45+1).
«Portu» – Koşta, Mariu (Niko Gonsales, 85), Kardozu, Karmu, Vendell, Romariu Baro (Evanilson, 64), Euştakiu, Varela (Konseysau, 85), Pepe, Torimiy (Namaso, 85), Galeno (Hayme, 85).
«Barselona» – ter Stegen, Kanselu, Kunde, Arauxo, Balde, Gundöğan, Romeu (Roberto, 69), Gavi, Feliş (Lopes, 69), Yamal (Alonso, 80), Levandovski (Torres, 34).
Ogohlantirişlar: Joau Kanselu (13), Fabiu Kardoza (28), Arauxo (29), Gavi (36), Kunde (47), Joau Feliks (50), Serji Roberto (86).
Çetlatiş: Gavi (90).

Sönggi vaqtlarda Xavining işi unça yurişmayapti. Yaqinda lazaretdagi Pedri yoniga Frenki de Yong qöşilgandi, ötgan hafta oxiridagi tur öyinida Rafinya jarohat oldi, «Dragau»dagi öyinning birinçi bölimida esa Levandovskini almaştirişga töğri keldi. Bu yöqotiş kelajakda öz ta’sirini körsatişi tayin, çorşanba kuni esa polyak futbolçisining safdan çiqişi jamoaga foydali böldi, deyiş ham mumkin. Uning örniga tuşgan forvard Ferran Torres birinçi bölim oxirida maydon markazida raqib xatosidan keyin töpni egallab olgan Gundöğanning uzatmasidan hisobni oçdi.

Ikkinçi bölimda esa bu ustunlik boy beriladigandek köringandi. Kök-anorranglilarni aql bovar qilmas podkat amalga oşirgan Kunde qutqardi, u darvozabon bilan birga-bir vaziyatga çiqib borgan Pepe Akinoning oyoqlari ostidan töpni olib qöydi. Köp ötmay xuddi şunday nomer Arauxo tomonidan takrorlandi. Holbuki bu vaqtda «Portu»ning köpçilik futbolçilari golni nişonlaşga tayyor turgandi. Lekin bu ular uçun sönggi xafagarçilik bölib qolmadi. Keyingisi arbitr töp jarima maydoni içida Joau Kanseluning qöliga tekkani uçun penalti belgilaganida röy berdi, ammo monitorga yaqinlaşgan Entoni Teylor öz qarorini özgartirişga majbur böldi. Videotakrordan keyin ma’lum bölişiça, bu hujum vaqtida töp dastlab uni qabul qilib olayotganida Euştakiuning qöliga tekkan.

Nihoyat Torimiyning qayçi uslubida darvozani işğol etişi millimetr ofsayd tufayli bekor qilindi. «Barsa» «ajdarlar»ni qatorasiga beş öyinda mağlub etdi, ammo klub bu öyinda Levandovskidan taşqari yana bir futbolçisidan ayrildi. Keyingi turda kataloniyaliklarga Gavi yordam bera olmaydi, u qöşimça vaqtda maydon markazida, keraksiz vaziyatda fol işlatdi va ikkinçi sariq kartoçkani olib maydonni tark etdi.

Foto: JOSE MANUEL ALVAREZ/GETTY IMAGES

Umuman olganda, Xavi kök-anorranglilar boşqaruvidagi yubiley yuzinçi öyinidagi ğalabasi öziga tatimadi.

«Antverpen» – «Şaxtyor» 2:3
Gollar: 1:0 – 3 Muya, 2:0 – 33 Balikvişa, 2:1 – 48 Sikan, 2:2 – 71 Rakitskiy, 2:3 – 76 Sikan.
«Antverpen» – Byutez, Batay, Alderveyreld, Kulibali, Veyndal (Ilenikena, 83), Ekkelenkamp (Valensiya, 74), Keyta (Yusuf, 83), Vermeren, Muya (van den Boş, 88), Balikvişa, Yanssen.
«Şaxtyor» – Riznik, Konoplya, Rakitskiy, Matviyenko, Azarov, Stepanenko, Zubkov, Nazarina, Kriskiv, Sudakov, Sikan (Şved, 87).
Ogohlantirişlar: Keyta (12), Konoplya (36), Yanssen (37), Rakitskiy (66), Sikan (82), Alderveyreld (88).

Barselonadagi 0:5 hisobidan keyin «Antverpen» tom ma’noda darvozasini qulflab qöydi. Mark van Bommel jamoasi milliy birinçilikda qatorasiga uç öyinni golsiz durang bilan yakunladi, ammo seşanba oqşomi Belgiyaning amaldagi çempionlari darvozaboni Byutez uçun çinakamiga qora kunga aylandi. Birinçi bölimdagi 2:0 hisobi köp jihatdan uşbu fransuz darvozabon aybi bilan ikkinçi bölimda 2:3 körinişiga özgardi. Albatta, jarima zarbasidan keyingi rikoşetda u heç narsa qila olmasdi, ammo birinçi va ayniqsa uçinçi gol uçun ayb — yaqqol darvozabonning zimmasida. Muhim epizodda Byutez burçak zarbasidan qoçiş uçun töpga maydon çiziğida yetib oldi, ammo bu bilan u işni faqat yomonlaştirdi, raqib esa böş qolgan darvozani nişonga oliş imkoniyatiga ega böldi.

25 oktyabr, Barselona – Şaxtyor; 26 oktyabr, Antverpen – Portu

Ye guruhi

Grizmanndan şedevr

«Atletiko» – «Feyyenoord» 3:2
Gollar: 0:1 – 7, avtogol Ermoso, 1:1 – 12 Morata, 1:2 – 34 Gansko, 2:2 – 45 Grizmann, 3:2 – 47 Morata.
«Atletiko» – Oblak, Molina (Rikelme, 79), Aspilikueta, Ermoso, Vitsel, Koke, Saul, De Paul (Liorente, 46), Grizmann (Korrea, 79), Morata, Lino (Galan, 62).
«Feyyenoord» – Vellenroyter, Gertryuyda, Trauner (Niukop, 74), Gansko, Hartman, Timber, Viffer (Lingr, 74), Zerruki (Jahonbaxş, 78), Stengs, Igor Payşao, Ueda (Minte, 60).
Ogohlantirişlar: Aspilikueta (33), Saul (41), Morata (45), Stengs (53), Lino (56).

Öyin arafasida Diyego Simeone «Feyyenoord»ni maqtovlarga kömib taşlagandi va niderlandlar tezda bunga munosib bölişga kirişdi. Timberning Uedaga uzatmasi Ermosoning avtogoli bilan yakunlandi. Morata tezda hisobni tenglaştirdi, ammo mehmonlarni bu çöçita olmadi. Ular nafaqat «matrasçilar»ning yalpi hujumlarini bartaraf etişdi, balki dadillik bilan hujumlar uyuştirişdi. Natijada markaziy himoyaçi Xansko mehmonlarni yana hisobda oldinga olib çiqdi, keyingi vaziyatda esa uning himoyadagi şerigi Trauner oradagi farqni oşirişiga bir baxya qoldi.

Ispanlar bölimga qöşib berilgan daqiqalar oxirida raqib  jarima maydonidagi sarosimadan foydalandi, Grizmann qayçi uslubidagi zarba bilan hisobni tenglaştirdi. Ikkinçi bölim esa Morataning ikkinçi goli bilan boşlandi, şundan keyin «Atletiko» öz mahoratini işga solib, natijani uşlab qoldi. «Feyyenoord»ga öyin oxiridagi şturmlar yordam bermadi, jamoa darvozaboni Vellenroyter beş marta (!) madridliklar jarima maydoniga yetib keldi. Aftidan, madridliklarga sönggi daqiqada gol urgan «Latsio» darvozaboni Provedel boşidagi lavrlar uşbu hamkasbiga tinçlik bermagan.

«Seltik» — «Latsio» 1:2
Gollar: Furuhasi (12) — Vesino (29), Pedro (90+5). 
«Seltik» – Hart, Jonston, Skeylz, Fillips (Karter-Vikers, 62), Teylor, Makgregor, ÖRayli, Hatate (Paulu Bernardu, 72), Maeda, Yan Xyon Jun (Palma, 62), Furuhasi (O Hyon Gyu, 86).
«Latsio» – Provedel, Gabarron, Romanioli, Hyusay, Luis Alberto (Genduzi, 68), Vesino, Kamada, Ladzari (Maruşiç, 84), Felipe Anderson (Isaksen, 68), Dzakkani (Pedro, 84), Immobile (Kastelyanos, 72).
Ogohlantirişlar: Fillips (45), Luis Alberto (61), Kastelyanos (74), Palma (82), Vesino (90), Sepe (90).

Qadrdon «Seltik Park» stadionida «keltlar» jamoasi qanotlar ösib çiqqandek öynaydi. Faqat jonbozlikning özi saviyadagi farqni yöqqa çiqarişga imkon bermaydi. Şu darajadaki, «Seltik» ön yildan buyon YeÇL guruh bosqiçlarida öz uyida ğalaba qozona olmagan. Bu safar ham muvaffaqiyat yaqindek köringan bölsa-da, ğalaba qozonişning imkoni bölmadi. Ğalaba goliga aylanişi mumkin bölgan gol ham urilgandi. Palma öyin davomida «Latsio»ni bir neça bor qutqargan Provedelning yaqin burçagini aniq nişonga olgandi.

Ammo argentinalik futbolçi golni futbolkasini yeçib nişonlagani uçun sariq kartoçka olgani yetmagandek, VAR mikroskopik ofsayd qayd etib, golni bekor qildi. Lekin bu hali hammasi emasdi. Öyinga qöşib berilgan beşinçi daqiqada maydonning ikkinçi qismida töp yöqotilişi qimmatga tuşdi, 169 santimetr böyga ega Pedro boş bilan aniq zarba berib, «Latsio»ga ğalaba keltirdi. Komanda Mauritsio Sarri jamoasi 90-daqiqadan keyin beşafqat maxluqqa aylanmoqda.

25 oktyabr, Feyyenoord – Latsio; 26 oktyabr, Seltik – Atletiko.

G guruhi

Holand töxtasa, Alvares bor

«Leypsig» — «Mançester Siti» 1:3
Gollar: Openda (48) — Foden (25), Alvares (84), Doku (90+2). 
«Leypsig» – Blasvix, Simakan, Klostermann, Lukeba, Raum, Forsberg (Şeşko, 70), Şlager, Zayvald (Aydara, 85), Simons, Poulsen (Baumgartner, 75), Openda (Verner, 70).
«Mançester Siti» – Ederson, Uoker, Diaş, Gvardiol, Akanji (Doku, 72), Lyuis, Griliş (Ake, 72), Silva (Nuneş, 87), Rodri, Foden (Alvares, 79), Holand.
Ogohlantirişlar: Akanji (65), Şlager (72), Raum (78).

«Leypsig», tabiiyki, ötgan mavsumdagi şarmandali mağlubiyat uçun javob qaytariş maqsadida maydonga çiqqandi. Jamoa mart oyida «Etihad»da röy bergan 0:7 hisobi komplekslaridan ham xalos bölişi talab etilardi. Ammo birinçi bölimda «hökizlar» uçun heç qanday ijobiy signal körinmadi. Zarbalar böyiça 1:10 körsatkiçi, töpga egalik qiliş böyiça 72 foiz ustunlik «Mançester Siti»da böldi. Tabiiyki, gol ham «şaharliklar» tomonidan urildi. Gollar soni ikkita bölişi ham mumkin edi, ammo Bernardu Silva böş burçak qarşisida turib ham töpga yaxşi moslaşa olmadi. Ammo portugaliyalik futbolçi öz uzatmasi bilan raqib mudofaasini doğda qoldirdi, Lyuisning uzatmasidan keyin esa Foden qulay pozitsiyadan turib hisobni oçdi.

Umuman olganda, mezbonlar uçun yoruğlik körinmayotgandi, ammo Marko Roze tanaffusda jamoani öziga keltirdi. Şunçalikki, ikkinçi bölim Opendaning goli bilan boşlandi, Poulsen uni deyarli yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi. Bu muvaffaqiyat öyin tabiatini özgartirmagan va goldan keyin ham «Leypsig» köproq himoyalanişiga töğri kelgan bölsa-da, mezbonlar uzoq vaqtgaça hisobni uşlab turişdi. Masalan, uzoq ustun qarşisida yiqilayotib zarba bergan Holandning omadi kelmadi, boşqa vaziyatda darvoza tösini yordamga keldi.

Xosep Gvardioladan qandaydir özgaça çora talab etilardi va u buni jokerlari orqali amalga oşirdi. Alvares Dokuning uzatmasidan keyin uzoq burçakka aylanma zarba berib, ğalaba golini urdi. Nemislar jamoasi katta qiyinçilik bilan natijaga erişişga harakat qilayotgandi, ammo ötkazilgan goldan keyin jamoada taklif etadigan narsa qolmadi. Qöşib berilgan daqiqalarda esa endi Alvaresning uzatmasidan keyin belgiyalik vinger yakuniy hisobni örnatdi. «Siti» uşbu raqibga qarşi safarda faqat uçinçi öyinga kelib ğalabaga erişdi — mağlubiyat va durangdan keyin.

«Tsrvena Zvezda» — «Yang Boyz» 2:2
Gollar: Ndiayye (35), Bukari (88) — Ugriniç (48), Itten (61, penalti).
«Tsrvena Zvezda» – Glazer, Dragoviç, Jiga, Rodiç (Olayinka, 62), Ivaniç, Hvang In Bom, Bukari, Stameniç (Luçiç, 69), Mitroviç (Katai, 70), Miyayloviç, Ndiayye (Krasso, 80).
«Yang Boyz» – Raçoppi, Janko, Benito (Amenda, 47), Kamara, Garsiya, Ugriniç, Niyasse, Males (Çaiva, 74), Elia, Itten (Ganvula, 75), Monteyru.
Ogohlantirişlar: Ndiayye (18), Ivaniç (45), Hvang In Bom (58), Males (64), Bukari (65), Miyayloviç (73), Kamara (74), Dragoviç (74), Niyasse (90).

Bu amalda uçinçi örin va Yevropa Ligasi yöllanmasi uçun bahs böldi. Birinçi bölimda «Tsrvena Zvezda» ustunlik qildi, mezbonlarning goli videoyozuvni uzoq örganişdan keyin hisoblandi. Ikkinçi bölimda vaziyat özgara boşladi. Avvaliga Ugriniç Monteyroning pasidan keyin himoyaçilar ortida oçilib, hisobni tenglaştirdi. Keyin töp himoyaçilar qöliga tegişi tufayli Itten penaltini aniq ijro etib, «Yang Boyz»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Ammo qizil-oqlar Bukarining öyini evaziga mağlubiyatdan qutulib qoldi, birinçi golda pas bergan ganalik futbolçi ötkir burçakdan aniq zarba berib, butun öyin davomida şveysariyaliklar ğalabasi uçun qölidan kelgan barça işni qilgan darvozabonni xatoga majbur qildi.

26 oktyabr. Leypsig – Tsrvena Zvezda, Yang Boyz – Mançester Siti

Kun statistikasi

  • Turnir tarixida 1-bor Yaponiyaning tört nafar vakili — Furuxasi, Maeda, Hatate («Seltik») va Kamada («Latsio») YeÇL öyinida boşlanğiç tarkibda tuşdi.
  • «PSJ» 4 yildan buyon YeÇLda birinçi bölimda ikkita gol ötkazib yubormagandi.
  • Bu turda 8 jamoa birinçi bölib gol ötkazib yuborganiga qaramay, yakunda ğalabaga erişdi. Bu YeÇLda yangi rekord hisoblanadi.
  • «Barselona» hujumçisi Ferran Torres asosiy yevrokubokdagi gollari sonini 10 taga yetdi, u bungaça töqqiz golini «Valensiya» va «Mançester Siti» safida urgan.
  • 16 yoşu 83 kun — YeÇLda boşlanğiç tarkibdan örin olgan eng yoş futbolçining yoşi. Barselonalik Yamal Selestino Babayaroning rekordini uç kunga yaxşiladi.
  • 17 yoşu 210 kun — yarimhimoyaçi Zair-Emeri «PSJ»ning asosiy yevrokubokda golli pas muallifi bölgan eng yoş futbolçisi böldi.