Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevropada boşpana beriş tizimini isloh qiliş böyiça kelişmovçilikda murosaga keldi. Ispaniyaning Yevropa kengaşiga raisligi 4 oktyabr, çorşanba kuni Bryusseldagi doimiy vakillar yiğilişida e’lon qilganidek, a’zo davlatlar rejalaştirilgan islohotning markaziy elementi hisoblangan inqirozni boşqariş deb ataladigan masala böyiça bir qarorga kelişga muvaffaq böldi.
U, masalan, migratsiya ayniqsa kuçli ösgan taqdirda, migrantlarni qamoqqa öxşaş şaroitda uşlab turiş muddatini uzaytiriş uçun işlatilişi mumkin. Inqiroz mexanizmi, şuningdek, Yevropa Ittifoqida qoliş imkoniyati kam bölgan odamlarni töğridan töğri Yevropa Ittifoqining taşqi çegarasida tezkor boşpana beriş jarayonidan ötişi va rad etilsa, darhol qaytarib yuborilişini ta’minlaydi. Umuman olganda, Yevropa Ittifoqining boşpana tizimini isloh qiliş rejalari migratsiyani çeklaşga qaratilgan köplab qöşimçalarni öz içiga oladi.
Germaniya va Italiya örtasidagi kelişmovçilik
Germaniya va Italiya örtasida Örta Yer dengizida xususiy qutqaruv taşkilotlarining roli böyiça nizo bor edi. AFP agentligi diplomatik manbalarga tayanib xabar berganidek, erişilgan murosaga erişiş natijasida Italiya hukumati qutqaruv işlari natijasida köp sonli muhojirlarning mamlakatga kelişiga javoban inqiroz çoralarini qöllaşni taqiqlovçi qoidani olib taşlaşga muvaffaq böldi.
Germaniya uzoq vaqtdan beri insonparvarlik nuqtai nazaridan inqirozga qarşi qoidalarni qabul qilişni bloklab qöygan, ammo sentabr oxirida u birinçi murosa variantiga rozi bölgandi. Qarorni izohlar ekan, taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Germaniya hukumati «ta’lim va soğliqni saqlaş xizmatlaridan foydalaniş kabi minimal humanitar standartlar zaiflaşmasligi uçun qattiq va muvaffaqiyatli kuraşganini» aytdi. Germaniya diplomatiyasi rahbari qöşimça qilişiça, kelişuv inqirozni boşqariş «faqat asosli holatlarda» qöllanişini ta’minlaydi. Endi qonunçilik paketi böyiça muzokaralar jadal sur’atlarda davom etişi mumkin.
2015 yilda qoçqinlar inqirozi kuzatilganidan beri davom etayotgan boşpana beriş tizimi islohoti 2024 yil iyun oyida bölib ötadigan Yevropa saylovlaridan oldin ötkazilişi kerak. Biroq buning uçun Yevropa Ittifoqi davlatlari Yevroparlament bilan qonunçilik paketini kelişib olişi lozim, bu ham qiyin vazifa hisoblanadi.












