Yevropada uşbu turlardan söng futbolçilar terma jamoalar ixtiyoriga jönab ketişadi va klublar futboli yana ikki haftaga dam oladi. Soğinib qolmaslik uçun dam oliş kunlari köproq futbol köriş tavsiya etiladi. Bundan taşqari, kelasi hafta navbatdagi öyinlar yoki yevrokuboklar yöqligi tufayli, jamoalar bor e’tiborini mana şu uçraşuvlarda ğalaba qozonib, tanaffusga yaxşi kayfiyatga çiqib ketişni niyat qilişini ham inobatga oliş kerak. Tabiiyki, doim bölganidek, bu safar ham alohida e’tiborga loyiq bölgan bir qator töqnaşuvlar kutib turibdi. Turin derbisi, Angliyada yil öyini, Germaniyada kaşfiyot jamoa oldida jiddiy sinov, xullas tanlovda qiynalmasligingiz uçun an’anamizga binoan ba’zi öyinlarga batafsilroq töxtaldik.

YuVeNTUS – TORINO (7 oktyabr, 21:00)

«Torino» oxirgi marta «Yuventus» ustidan 2015 yil aprelida ğalaba qozongan, şundan buyon 18 uçraşuvdan iborat ğalabasiz seriya davom etmoqda. Şunday bölsa-da, Turin derbilari doim qizğin va murosasiz keçişi, turnir jadvalida qanday holat bölişidan qat’i nazar köpinça durang yoki minimal hisoblar bilan yakunlangan. Ötgan mavsumning ikki öyini ham bunga yaqqol dalil – har ikki öyinda ham «Yuventus» sönggi ön beş daqiqada hisobda oldinga çiqib olişning uddasidan çiqqan, xolos.

«Yuventus» ötgan mavsumlarga nisbatan barqaror körinmoqda. Faqatgina «Sassuolo»ga qarşi öyinda jamoa kutilmaganda hisob qayd etdi (2:4). Kiyeza qaytgani, Vlahoviç nihoyat barqaror gol ura boşlagani, şuningdek, raqobatçilardan farqli ravişda yevrokuboklarda ham iştirok etmasligi inobatga olinsa, Allegri şogirdlari bu safar çempionlik poygasida munosib iştirok etişi mumkin. Terma jamoalar bilan boğliq yiğinlardan keyingi ilk uçraşuv safarda «Milan»ga qarşi bölib ötadi, demak, «Yuventus» kötarinki kayfiyatni saqlab qoliş uçun bu öyinda oçko yöqotmasligi şart.

Tarkiblar borasida mezbonlarda yöqotişlar juda köp va bu ham oradagi kuç muvozanatini yaqinlaştirişga yordam beradi. Duşan Vlahoviç va Federiko Kiyeza oy oxirigaça safdan çiqişgan. Aleks Sandro ham katta ehtimol bilan tanaffusdan keyin maşğulotlarga qaytadi. Son jihatdan katta emas, lekin nomi dastlab tilga olingan ikki futbolçi «Yuventus»ning hujum çiziğidagi asosiy kuç bölib turişgandi. «Torino» safida Buonjiomo va Mergim Voyvoda öynay olişmaydi, hamda ulardan taşqari, Zima, Popa, Jiji, Sazonov kabi futbolçilarning derbida qatnaşişlari söroq ostida qolmoqda. 

Öyinning har ikki tomon uçun qiyin bölişining yana bir sababi, himoya borasida jamoalarda hammasi joyida ekanidir. Har ikkisida ham mavsumda 4 quruq öyin bölib, bu tomondan A Seriyada peşqadamlar guruhida borişmoqda. «Torino» turnir jadvalining quyi qismda yurgan bölsa-da, atigi 7 gol ötkazib yuborgan, xolos.  

ŞTUTGART – VOLFSBURG (7 oktyabr, 18:30)

Germaniyadan aslida Çempionlar Ligasi ikki iştirokçisi – «Union» va «Borussiya» Dortmund uçraşuvini oliş mumkin edi. Ammo ötgan mavsumda katta şov-şuv kötargan, bu mavsumda esa qatorasiga olti öyindan beri mağlubiyatga uçragan «Union» hozirça juma yomon holatda. Yangi qahramon bor – «Ştutgart».

Ötgan yili Bundesligadan deyarli tuşib ketgan, faqat ötiş öyini orqali jon saqlab qolgan «Ştutgart»ga nimadir böldi. Jamoani aprelda qabul qilib olib, qutqarib qolgan Sebastian Hyoness şogirdlari yangi mavsumdagi uy uçraşuvlarini ikki marta 5:0 hisobidagi ğalaba bilan boşlaşi katta voqea bölsa-da, buni orada «Leypsig»dan 1:5 hisobda yutqazib kelişgani uçun beqaror bir jamoaning mantiqqa teskari bölgan natijalariga yöyib qöya qolişdi. Ammo «Ştutgart» hazillaşmayotgandi. Kubok öyinida avval 4:0, keyin 8:3 hisobidagi ğalabalar, mayli, quyi liga vakili ustidan bölsa-da, bir narsani, «Ştutgart»da gol uriş borasida rostan ham muammo yöqligini isbotlayotgandi. Keyin ligada yana qatorasiga uç ğalaba qayd etildi, jamoa 6 turdan söng hatto «Bavariya»dan ham köproq oçko jamğarib, 2-örinda joylaşib turibdi. Olti öyinda 19 gol, 27 yoşli gvineyalik hujumçi Seru Girassi esa, 10 gol bilan töpurarlar jadvalini boşqarmoqda. Ötgan mavsumda ijara asosida töp surib, barça musobaqalarda 14 gol urgan hujumçi bu mavsumda barça turnirlar qöşib hisoblanganda 7 öyinning özida 11 gol urib böldi.

Ammo bir narsani tan oliş kerak, «Ştutgart» dastlabki turlarda mağlub etgan beş jamoaning törttasi hozirda turnir jadvalining sönggi tört poğonasini egallab turibdi. Töğri, «Ştutgart»ning avvalo öşa ğalabalarni qanday tarzda qölga kiritgani köproq gapirilmoqda, lekin haqiqiy sinov, albatta, kuçliroq saviyadagi raqiblarga qarşi boşlanadi. Tabiyki, «Volfsburg» mana şunday raqiblardan biri.

Töğri, «börilar» biroz pastroqda, 6 öyinda 4 ğalaba va 2 mağlubiyat. Lekin jamoa «Hoffenhaym» va «Borussiya» Dortmund bilan safarda öynaganini ham inobatga oliş kerak. Darvoqe, «Volfsburg»ning ham öz «girassi»si bor – Jonas Vind. Daniyalik hujumçi 7 gol urgan va u ham töpurarlar reytingida kuçli uçlikdan joy olib turibdi. Vind gol ursa, juft qilib uradi, uşbu mavsumning özida uç marta dubl qayd etişga muvaffaq böldi. 

BRAYTON – LIVeRPUL (8 oktyabr, 18:00)

Bu öyinda ança köp gol bölsa kerak. Birinçidan, «Brayton» Yevropada eng sermahsul öyinlar iştirokçisi bölib turibdi. Jamoa juda köp vaziyat yaratadi va öz darvozasi oldida ham juda köp imkon beradi. «Brayton»ning bu mavsumda barça musobaqalar doirasidagi 10 uçraşuvida jami 43 gol urilgan, bu har öyinda kamida 4 gol deganidir. Ikkinçidan, bunday ssenariyda «Liverpul» ham özini juda yaxşi his qiladi. Uçinçidan esa, har ikki klub payşanba oqşomida Yevropa Ligasida öyin ötkazişdi. Ya’ni jismoniy tomondan töliq tiklanib ulgurmagan futbolçilar köproq xatolar qilişi mumkin. Bu esa, tabiiyki, gollar ham köp bölişiga sabab böladi.

Ötgan tur ikki jamoa uçun ham anomal darajada muvaffaqiyatsiz keçdi. «Brayton»ning Birminghemdagi 1:6 hisobidagi yirik mağlubiyati ança kutilmagan syurpriz bölsa, «Liverpul» «Tottenhem» bilan munosib kuraşdi, ammo hakamlar yaqqol golni inobatga olmagani, buning ustiga ikki futbolçi çetlatilişi qimmatga tuşdi. Umuman, «Brayton» sönggi öyinlarda biroz ortga tisarilgandek – «Old Trafford»dagi ajoyib performansdan keyingi öyinlarda muammolarga duç kelmoqda. Şu orada Yevropa Ligasida bir durang va bir mağlubiyat, Liga kubogida mağlubiyat va APLda ham yuqorida tilgan olingan yirik hisob qayd etildi. Jamoa bir neça frontda kuraşni boşlagani muammo tuğdirgan bölişi mumkin, zero «Brayton» tarixida ilk marta yevrokuboklarda iştirok etyapti.

Har ikki jamoada ham tarkib böyiça muammolar yetarli. Mezbonlar Lallana, Milner kabi futbolçilardan foydalana olmaydi. Şuningdek, Pervis Estipunyan kamida ikki oyga safdan çiqdi. Futbolçi öng qanot himoyasida ham, hujumlar taşkil qilişda ham yetakçiga aylanib borayotgandi. «Liverpul» esa «Tottenhem»ga qarşi öyinda biratöla uç futbolçisidan ayrildi. Kodi Gakpo özi gol urgan vaziyatda oyoğini qayirib oldi va bir oy şeriklariga yordam bera olmaydi. Öşa öyinda qizil kartoçka olgan Ketris Jons va Diogu Jota esa diskvalifikatsiya tufayli öynamaydi. Bayjyetiç, Alkantara kabi futbolçilar maşğulotlarga qaytgan bölişsa-da, terma jamoalar bilan boğliq tanaffusdan sönggina töliq tiklanadi.

ATLeTIKO – ReAL SOSIYeDAD (8 oktyabr, 19:15)

Har ikki jamoa ham Çempionlar Ligasida ajoyib natijalar qayd etişdi va kötarinki kayfiyatda uşbu markaziy öyinga yetib kelmoqda. Ayniqsa, «Sosiyedad»ning oxirgi natijalari diqqatga sazovor – qatorasiga tört ğalaba va sönggi uç öyinda umuman öz darvozasini daxlsiz saqlamoqda. Ötgan turda Baksoniya derbisida ança kuçli bölgan «Atletik» yirik hisobda doğda qoldirildi. Kubo esa La Liganing sentabr oyidagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Darvoqe, bu öyin sönggi kun yulduzlari örtasidagi jang ham, zero Alvaro Morata «Atletiko» safidagi YeÇL öyini uçun uşbu musobaqaning hafta öyinçisi deb topildi.

Turnir jadvalida jamoalar qöşni bölib turişibdi, ammo madridliklarda bir öyin zaxira ham bor. Yöqotilgan oçkolar böyiça hisoblaganda, Simeone şogirdlari peşqadamdan 2 oçkoga ortda bormoqda, xolos. Tabiiyki, «Sosiyedad» ham YeÇL örinlari uçun kuraşişda davom etadi.

Özaro öyinlarga kelsak, ança muddat «Atletiko»da ustunlik yaqqol bölgandi, ammo sönggi yillarda basklar bu jamoaga qarşi natijaga erişişni örganib ham oldi. Ötgan mavsumda «Atletiko» bir durang va bir ğalabaga erişgan, ammo bir yil oldin «Sosiyedad» raqibini Ispaniya kubogidan çiqarib yuborgandi. Madriddagi oxirgi 4 öyinning ikkitasida mehmonlar bir oçko olib ketişning uddasidan çiqqan. Jamoalar mavsumga tayyorgarlik çoğida ham, avgust oyi boşida örtoqlik uçraşuvida kuç sinaşişdi. Uşbu öyinda hisob oçilmagandi.

Mezbonlar tarkibida Lemar, Vitolo kabi futbolçilardan taşqari, Ximenes, Korrea va Depay ham hali töliq tiklanib ulgurişmadi. Saulning ham jismoniy zöriqiş sababidan bu öyinni ötkazib yuboriş ehtimoli mavjud. Mehmonlar tarkibida asosan qanot himoyaçilari – Odriosola va Tirni oy oxirigaça maydonga tuşa olişmaydi.

Yuqorida har ikki jamoa YeÇLda iştirok etgani aytib ötilgandi. «Sosiyedad» öz öyinini bir kun oldin ötkazgani qandaydir ustunlik berişi mumkin. Ammo şuni ham e’tiborga oliş kerakki, «Atletiko» öz öyinini uyida ötkazdi va bu uçraşuvni ham Madridda qabul qilmoqda. Avstriyaga borib kelgan «Sosiyedad» esa Madridga safar qilyapti. Demak, bu borada imkoniyatlar deyarli teng .

ARSeNAL – MANÇeSTeR SITI (8 oktyabr, 20:30)

Qatorasiga uçinçi öyindirki, «Arsenal» va «Mançester Siti» örtasidagi öyin APLda birinçi va ikkinçi jamoalar töqnaşuviga aylanmoqda. Şuning özi Angliyadagi sönggi yillardagi kuçlar muvozanatini körsatib turibdi.

Transfer oynasi va mavsum boşidagi şartlardan kelib çiqsak «Arsenal» bu safar ham çempionlik uçun qattiq kuraş olib borişini kutiş mumkin. Birinçidan, «Arsenal» yozni faolroq ötkazdi va e’tiborli xaridlarni amalga oşirdi. Ikkinçidan, «Mançester Siti»da tarkibda muammolar bor. Gundöğan va Mahrez ketişidan taşqari, jamoaning asosiy yetakçisi Kevin de Bryuyne jarohat olib safdan çiqqan. Şu holatda ham «Mançester Siti» deyarli yöqotişsiz borayotgani tahsinga sazovor, albatta. Ayniqsa, argentinalik vunderkind Alvares kaşf etildi deyiş mumkin, u ham Silva, ham de Bryuynening vazifasini bir paytda amalga oşirişning uddasidan çiqmoqda.

Bu muammolarga Rodrining diskvalifikatsiyasi ham qöşilganini inobatga olsak, mehmonlarning imkoniyati yanada pasayib ketişi lozim edi. Ammo «Arsenal» ham mazkur uçraşuvga optimal holatda yetib kelmayapti. Avvalroq Gabriyel Martinelli safdan çiqqan, ammo Trossar va Jyezusning qaytişi balkim bu yöqotişning ta’sirini kamaytirişi kutilgandi. Ammo Çempionlar Ligasi öyinida Bukayo Saka ham maydonni erta tark etdi. Arteta hali aniq ma’lumot bermagan bölsa-da, Sakaning bu öyinda qatnaşişi dargumon. Salkam ikki mavsum birorta ham öyinni ötkazib yubormagan futbolçini yöqotiş «Arsenal»ga köproq ta’sir qilsa kerak, zero bu «Arsenal»ni hali Sakasiz körganimiz yöq.

«Arsenal» çempionatda «Siti»ga raqobat qilişni örganib olgan bölsa-da, maydonda Pep Gvardiola hali şogirdiga yutqazmayapti. Töğri, avgustdagi superkubok uçun öyin, avvalroq, kovid mavsumida Angliya kubogi yarimfinalida «Arsenal»ning qöli baland kelgan, ammo APL doirasida işlar juda yomon. Çempionatda 12 uçraşuvdan beri «Arsenal» hatto durang ham qayd eta olgani yöq. Londonliklarning sönggi ğalabasi esa uzoq 2015 yilda, Gvardiola «Bavariya»ni boşqarayotgan, Arteta «Arsenal»da futbol öynab yurgan paytlarda röy bergan.

BOŞQA ÖYINLAR

7 oktyabr. INTeR – Bolonya (18:00), LeYPsIG – Bohum (18:30), Byornli – ÇeLSI (19:00), MYu –Brentford (19:00), ReAL MADRID – Osasuna (19:15)

8 oktyabr. Vest Hem – NYuKASL (18:00), Latsio – ATALANTA (18:00), Bayyer – Kyoln (18:30), BAVARIYa – Frayburg (20:30), NAPOLI – Fiorentina (23:45), Renn – PSJ (23:45), Granada – BARSeLONA (23:55)