Haagadagi Xalqaro sud Armanistonning Ozarboyjonga qarşi Qoraboğdagi arman aholisiga nisbatan kamsitişning oldini oliş böyiça vaqtinçalik çoralar köriş talab qilingan da’vosi böyiça oçiq eşituvlar ötkazişni belgiladi. 6 oktyabr, juma kuni muassasa matbuot xizmati xabariga köra, sud majlisi 12 oktyabr kuni bölib ötadi.

Armanistonning da’vosi 29 sentabr kuni Xalqaro sudga taqdim etilgan. Unda Yerevan Bokudan barçaga Qoraboğdan çiqib ketiş imkoniyatini berişni, BMT va Qizil Xoç vakillarining mintaqadagi arman aholisi bilan muloqotini ta’minlaşni va kommunal tizimni tiklaşga yordam berişni talab qildi. Armaniston, şuningdek, Ozarboyjondan ilgari tan olinmagan va tugatilgan Qoraboğ Respublikasi hukumati tomonidan berilgan fuqarolik holati dalolatnomalari töğrisidagi guvohnomalarni haqiqiy deb tan olişini hamda Qoraboğning amaldagi yoki sobiq siyosiy vakillari yoki harbiy xizmatçilariga nisbatan jazo çoralarini körmasligini sörayapti.

Bundan taşqari, arman tomoni Ozarboyjon harbiylari va xavfsizlik kuçlaridan Qoraboğdagi tinç aholi punktlarini tark etişni talab qilib, mintaqadagi arman madaniy merosi obidalarini buziş taqiqlanişini talab qilmoqda. 

100 mingga yaqin arman Qoraboğdan çiqib ketdi 

19 sentabr kuni, xalqaro huquqqa köra, hududida Qoraboğ joylaşgan Ozarboyjon mintaqada harbiy amaliyot boşladi. Oradan bir kun ötmay tan olinmagan Qoraboğ Respublikasi rahbariyati qarşilikni töxtatayotganini e’lon qildi. Şu fonda Qoraboğdan etnik armanlarning ommaviy çiqib ketişi boşlandi. Natijada Armanistonga 100 mingga yaqin qoraboğlik qoçqin kirib bordi.