Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli taşkil etiş hamda nazorat tartibotlarini soddalaştiriş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 yanvardan boşlab respublikaga kirib kelayotgan va tranzit harakatlanayotgan avtotransport vositalarini davlat nazoratidan ötkazişda, çegara ötkaziş punktlarida undirilişi belgilangan yiğimlarni bojxona hududida tölaş imkoniyati yaratiladi, çet davlatlar avtotransport vositalarining respublika hududiga kirgani va uning hududi orqali tranzit uçun yiğim hamda bojxona hamrohligida kuzatib boriş uçun bojxona yiğimi bundan mustasno.

Yiğimlar milliy valutada tölanadi.

Yiğimlarni tölaş uçun hisobvaraqlar E-tranzit tizimida şakllanadi va ularni QR-kod orqali tölaş imkoniyati yaratiladi.

Yiğimlar quyidagi muddatlar içida tölanişi lozim:

  • bojxona nazoratidagi tovarlar yuklangan avtotransport vositalari uçun - yetkazib beriş muddati doirasida;
  • qolgan barça holatlarda çegarani kesib ötgandan söng 10 kalendar kun davomida.

Yiğimlarni tölaş muddatlari buzilgan taqdirda Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasining 1/300 miqdorda bölgan penya tölanadi. Şu bilan birga:

  • tölanmagan yiğimlari hamda penyalari mavjud avtotransport vositalarining respublika hududidan olib çiqilişi va harakatlanişi taqiqlanadi;
  • yiğimlarni tölaş muddatini bir kalendar yil davomida bir marotaba buzgan şaxslarga yiğimlarni bojxona hududida tölaş imkoniyati taqdim etilmaydi.