Keça, 6 oktyabr kuni Toşkentda yangi qurilgan Renessans kino uyida “Ipak yöli durdonasi” XV Toşkent xalqaro kinofestivalining yakunlari böyiça matbuot anjumani ötkazildi.
Anjumanda Kun.uz muxbiri Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovga murojaat qilib, dunyodagi aksar kinfestivallar yakunda yaxşigina daromad bilan çiqişini eslatgan holda, Toşkent kinofestivali uçun budjetdan qança mablağ sarflangani-yu, qança daromad topilgani haqida söradi.
Şuningdek, agentlik direktoridan 3 yildan buyon ötkazilayotgan festivallarda imzolangan köplab memorandumlar orqali qanday filmlar işlangani böyiça ham ma’lumot söraldi.
Firdavs Abduxoliqovning aytişiça, memorandumlar şunday narsaki, u biror natijaga intiliş, xohiş va istakni ifodalaydi. Şu ma’noda u imzolangandan keyin ham turli xil vaziyatlar bölib, öşa istaklar amalga oşmay qolişi mumkin.
“Masalan, pul bölmay qolişi mumkin. Ikkinçidan, u qaysidir tomonga töğri kelmay qolişi mumkin. Masalan, “Kazbek” filmida şunday böldi. Belorus tomonidan yozilgan ssenariy bizga töğri kelmasdi, bir yillik muzokaralardan keyin oxiri u bekor böldi. Oxirida kelişib oldikki, har kim öz filmini oladigan böldi. Yoki, “Baron” filmi ham memorandum asosida bölgan edi, mana, taqdimoti bölib ötdi. Farxod Mahmudovning “Parining sovğasi” nomli ertagi TVda bugun bepul namoyiş etilmoqda.
“Quyoş ta’mi” ham juda yaxşi film. Bu film borasida ham töğri kelmaydigan joylarini gaplaşdik, muzokara qildik va özimizga mosladik, hozir taqdimotlari ötdi.
Hujjatli filmlar böyiça telekompaniyalar bilan şartnoma qilişga harakat qilyapmiz, çunki ularga ham hujjatli filmlar kerak. Bu jarayonlarga vaqt kerak. Albatta, quruq pulni berib, quruq telekanalda namoyiş etilmaydigan hujjatli filmlarga biz qarşimiz”, – dedi agentlik direktori.
Firdavs Abduxoliqov festivalga davlat budjetidan olingan jami mablağ haqidagi takroran berilgan savolga javoban unga turli taşkilot va elçixonalardan ham mablağ yönaltirilgani va budjet bu safar uç barobar kamaygani haqida gapirdi.
“Budjetimiz uç barobar kamaydi. Biz festival uçun uçun boşqa manbalar orqali ham mablağ topişga harakat qildik. Masalan, kino işlab çiqariş uçun ajratilgan pullarimiz. Bundan taşqari, homiylar ham böldi, grantlari bor, deylik. Masalan, Italiya elçixonasi 65 ming yevro mablağ berdi, bundan taşqari, YeI davlatlari ham ma’lum mablağlar ajratgan.







