Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga sobiq rais Firdavs Abduxoliqovdan 2,7 mlrd sömlik qarz “meros” bölib qolgan. Bu haqda, Qalampir.uz xabariga köra, taşkilotning yangi raisi Şerzodxon Qudratxöja 4 may kuni ötkazilgan assotsiatsiyaning hisobot yiğilişida ma’lum qilgan.
Toşkentdagi “Hilton” mehmonxonasida ötgan yiğilişda qatnaşgan naşr muxbirining xabar berişiça, taşkilotning yangi rahbari assotsiatsiya öz a’zolaridan 2,7 mlrd söm qarzdor ekanini aytib, buni hal qiliş uçun iqtisodiy rivojlaniş konsepsiyasi işlab çiqilayotganini bildirgan.

Uning sözlariga köra, qarzdorlikning kelib çiqişi şartnomalarning “biroz notöğri tuzilgani” va “keraksiz narsalar”, xususan texnikalar xarid qilingani bilan boğliq.
“Öşa paytda biz tuzgan şartnomalar biroz notöğri tuzilgan. Bizga homiylik qilib berilmagan, “xizmat körsatiş” deb berilgan. Köpçiligini bizga, şaxsan menga yopiş qiyin bölyapti. Çunki bizdan “otrabotka”, “sçet faktura” söraydi. Biz unaqasiga ham, bunaqasiga ham yopolmaymiz. Vazirlik, taşkilotlar ham belgilangan summadan bor-yöği 53 foizini tuşirişgan, qolgan pul tuşmagan. Lekin men bilaman, sizlar [bu pullardan belgilangan] oyliklarni berib, soliqni tölab, xarajat qilib bölgansizlar. Şuning uçun menga ozgina vaqt berasizlar, men bu raqamlarni joyiga qöyaman”, deya assotsiatsiya a’zolaridan qarz uçun muhlat söragan Qudratxöja.
U, şuningdek, assotsiatsiyaga eski rahbariyat davrida keraksiz texnikalar olingani, endilikda bu texnikalar Firdavs Abduxoliqov rahbarligidagi Kinematografiya agentligiga sotilayotganini aytgan.
“Mol-mulkimizda keraksiz narsalar bor ekan. Şularni sotuvga qöydim. Bizda saylov payti olingan juda katta miqdorda ekranlar bor. Ularni sotyapmiz, “Özbekkino” sotib olyapti. Işlatilgan “dorojka”lar, ba’zi texnikalar bor. Oçiği, menga şularni sizlarga beriş orqali qarzdan qutiliş taklifi böldi. Yöq, men ularga işlatilgan “dorojka”, monoblog bermayman, pulini beraman dedim”, degan Şerzodxon Qudratxöja va muammo yeçimi uçun a’zolardan unga biroz vaqt berişlarini söragan.
Avvalroq








