Firdavs Fridunoviç Abduxoliqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori etib tayinlandi.

Şu munosabat bilan markazni boşqarib kelgan Şoazim Şoislomoviç Minovarov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda boş vazirning matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.

Şoazim Minovarov markazga 2017 yil iyulidan beri (öşa vaqtda Islom madaniyati markazi deb atalgan) rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Firdavs Abduxoliqov esa bungaça Kinematografiya agentligi direktori lavozimida işlayotgandi. Kun.uz manbasiga köra, agentlikda uning örniga yozuvçi Şuhrat Rizayev vaqtinça rahbar vazifasini bajaruvçi bölgan.

Ma’lumot uçun, Firdavs Abduxoliqov 1963 yilda tuğilgan, 1985 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Iqtisodiyot sohasida ham oliy ma’lumotga ega.

2003 yildan 2022 yilgaça Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasini boşqargan. 2019 yilda «Özbekkino» milliy agentligi boş direktori etib tayinlangan (agentlik nomi 2021 yilda Kinematografiya agentligi sifatida özgartirilgan).

2011 yilda «Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist» unvoni bilan taqdirlangan.