Vazirlar Mahkamasining «Nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oşirilişida ijtimoiy şeriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Har bir respublika ijro etuvçi hokimiyat organi:

2023 yil 15 oktyabrga qadar hamda 2024 yildan boşlab har yili 1 yanvarga qadar NNTlari bilan hamkorlik qiliş böyiça mas’ul etib belgilangan rahbar örinbosari töğrisidagi ma’lumotlarni (F.I.Ş., lavozimi, telefon raqami, elektron poçta manzili) Adliya vazirligiga taqdim etib borişi;
yil davomida erişilişi zarur bölgan maqsadli körsatkiçlar (indikatorlar)ning işlab çiqilişida NNTlari bilan hamkorlik qiliş samaradorligi körsatkiçlarini nazarda tutişi şart.

Adliya vazirligiga 2024 yil 1 yanvarga qadar portalda NNTlari va keng jamoatçilik uçun oçiq bölgan quyidagi ma’lumotlarni joylaştiriş imkoniyatini yaratiş topşirildi:

respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining NNTlari bilan hamkorlik qiliş böyiça mas’ul etib belgilangan rahbar örinbosarlari haqida ma’lumotlar;
NNTning taşqi manbalardan moliyalaştirilgan loyihalarini amalga oşiriş natijasi töğrisida ma’lumotlar;
NNTlari uçun e’lon qilingan xalqaro grant tanlovlari haqida ma’lumotlar;
Özbekiston a’zo bölgan xalqaro taşkilotlar va ularning ixtisoslaştirilgan muassasalari röyxati.

Hujjat bilan nodavlat notijorat taşkilotlari tomonidan taşqi manbalardan pul mablağlari va mol-mulk olinişini kelişiş hamda taşqi manbalardan moliyalaştiriladigan loyihalarni Özbekiston hududida amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom quyidagilarni nazarda tutiladi:

taşqi manbalardan pul mablağlari va mol-mulk oliş tartib-taomili;
röyxatdan ötkazuvçi organ tomonidan arizani körib çiqiş tartibi;
taşqi manbalar hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalarni Özbekiston hududida amalga oşiriş tartibi.