Amerikalik iqtisodçilar butun dunyoda öta qaşşoqlikni yöq qiliş uçun qança mablağ ketişini hisoblab çiqişdi. Ularning hisob-kitoblariga köra, buning uçun yiliga taxminan 318 milliard dollar —jahon yalpi içki mahsulotining atigi 0,3 foizi talab qilinadi.

Kaliforniyadagi Berkli universiteti tadqiqotçilarining xulosalari daromadi past bölgan 23 ta mamlakatdagi qaşşoqlik ma’lumotlari tahliliga asoslangan.

Sun’iy intellekt texnologiyalari yuz millionlab odamlarning ehtiyojlarini öta aniqlikda baholaş va ularning kunlik daromadini 2,15 dollar — öta qaşşoqlikning xalqaro me’yoridan yuqoriga olib çiqiş uçun zarur bölgan maqsadli moliyaviy yordam hajmini hisoblaş imkonini berdi.

Şu bilan birga, tadqiqot mualliflari qaşşoqlikni bartaraf etiş yölida siyosiy qiyinçiliklar mavjudligini e’tirof etişgan. Ularning fikriça, köplab kambağal davlatlar taşqi yordamsiz qaşşoqlikni yöq qila olmaydi.

Ma’lumotlarga köra, dunyo böyiça alkogol (jahon YaIMning 2,2 foizi) yoki kosmetika (0,6 foiz) uçun qilinadigan yillik xarajatlar qaşşoqlikni yöq qiliş uçun zarur bölgan mablağdan bir neça barobar köp.