Toşkentda 4 kişilik oilaning bir oy farovon yaşaşi uçun 23 mln söm, bir kişi uçun esa qariyb 6,5 mln söm mablağ kerak böladi. Özbekiston poytaxtida arzon restoranda ovqatlaniş 60 ming sömni taşkil etadi. Örta darajadagi restoranda bu narx 2 kişi uçun 450 ming sömga baholangan. Xalqaro darajadagi xususiy maktabda 1 nafar bolani öqitişning yillik örtaça narxi 123 mln sömdan oşadi.

Dunyoning eng yirik onlayn ma’lumotlar bazasidan biri – Numbeo Toşkentda qança mablağ evaziga farovon yaşaş mumkinligini ma’lum qildi. Onlayn bazaning taxminiy hisoblaşlariga köra, poytaxtda 4 kişi bölib yaşaydigan oilalar ijara tölamasdan oyiga 23 mln 43 ming söm sarflab yaxşi yaşaşi mumkin. Bir kişi uçun bu narx 6 mln 440 ming sömni taşkil etadi.

Qayd etilişiça, Toşkentda 1 kişi uçun arzon restoranda ovqatlaniş 60 ming sömni taşkil etadi. Örta darajadagi restoranda bu narx 2 kişi uçun 450 ming sömga baholangan. Fast Food tarmoqlarida ovqatlaniş esa 50 ming söm. Örtaça narxlari olinganda, 1 litr sut – 14 ming söm, 1 kg guruç – 21,5 ming söm, 12 dona tuxum – 19,5 ming söm, 1 kg mol göşti – 119 ming söm, 1 kg tovuq filesi – 50,5 ming söm, 1 kg olma – 15 ming söm, 1 kg banan – 21,8 ming söm, 1 kg pomidor – 15,4 ming söm, 1 kg kartoşka – 6,8 ming söm, 1 kg piyoz – 4,4 ming söm.

Şuningdek, statistikada maişiy xizmatlar hamda kiyim-keçaklarga qança işlatilişi ham keltirilgan. Unga köra, özbekistonliklar suv, gaz, elektr toki va çiqindilar uçun 85 kvadrat metrli kvartira uçun 300 ming sömdan 1 mln 275 ming sömgaça pul tölaydi. Mobil aloqa kompaniyalar kesimida örtaça oylik tölov 46 ming söm, kabelli internetning örtaça bahosi – 139 ming söm.

Xususiy boğçalar 2,5 mln sömdan 6,1 mln sömgaça bölsa, xalqaro darajadagi xususiy maktabda 1 nafar bolani öqitişning yillik örtaça narxi 123 mln sömdan oşadi.

Numbeo ma’lumotlariga köra, xarajatlarning 27,9 foizi dökonlardan turli mahsulotlarni sotib oliş, 29,9 foizi har oylik ijara, 14,6 foizi restoranlarda ovqatlaniş, 9,8 foizi transport, 7,8 foizi esa sport va böş vaqtdagi maşğulotlar uçun sarflanadi.