2023 yil 9 oktyabr kuni xalq deputatlari Qaşqadaryo viloyati kengaşining viloyat mahalliy budjeti qöşimça manbalari hisobidan mablağlarni yönaltiriş közda tutilgan qarori qabul qilindi. Qaror bilan 23 mlrd sömdan ortiq mablağ turli maqsadlar uçun yönaltirilgan.
Qaror ilovasida keltirilişiça, viloyat mahalliy budjetining qöşimça manbalari hisobidan “Eng taşabbuskor sektor” nominatsiyasida ğolib bölgan Qarşi şahar 1-sektor rahbari, ya’ni şahar hokimi Normömin Xolboyevni rağbatlantiriş uçun 56,2 mln söm mablağ ajratilgan. Bunga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi 536-sonli qarori asos qilib olingan.
Eslatib ötamiz, Qarşi şahri hokimi Normömin Xolboyev 2023 yil 25 avgust kuni özini rağbatlantiriş uçun mablağ ajratiş haqida qaror çiqargandi. Qarorda hokimlikning 2023 yildagi zaxira mablağlari hisobidan “Eng taşabbuskor sektor” deya e’tirof etilgan Qarşi şahar 1-sektor rahbarini rağbatlantiriş “xarajatlariga” 75 mln söm mablağ ajratiş belgilangan.
Biroq rağbatlantiriş töğrisidagi qaror Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining taqdimnomaga asosan Qaşqadaryo viloyati hokimining 2023 yil 19 sentabr kungi qarori bilan bekor qilingan edi. Şuningdek, mazkur holatda qonunbuzilişiga yöl qöygan şaxslarga tegişli qonuniy çora köriş uçun agentlik tomonidan töplangan hujjatlar Boş prokuratura hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuborilgani aytilgandi.












