Qaşqadaryoda haydovçi Damas’ni köp qavatli uylar orasida yuqori tezlikda haydab, yoş bolalarni urib yuborişiga bir baxya qoldi.
Maʼlum bölişiça, holat 12-sentabr kuni Qarşi şahri «Çölquvar» MFY hududida sodir bölgan. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarda haydovçi profilkatika inspektori va fuqaroning töxtaş işorasiga böysunmay katta tezlikda harakatlanişni davom ettirgani ham körinadi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati mazkur Damas va uning haydovçisi topilganini maʼlum qildi. Aniqlanişiça, uşbu şaxs haydovçilik guvohnomasiga ega bölmay turib, maşina boşqargan.
Haydovçi öşa vaqtda stressda bölganini aytib, uzr söragan.
«Ötiriş çiqib qolgandi, akamdan beruxsat Damas’ni olib çiqib ketdim. Mahallada qöpol ravişda tez haydadim, yoş bolalar çiqqan ekan, körmay qoldim. Yonimda yoş bolalar borligini aniq bilmagandim. Endi xalqimdan, öşa bolalarning ota-onasidan ming bir uzr sörayman, puşaymonman qilgan işimdan. Öşa vaqtda stress holatda edim. „Prava“ olmasdan boşqa haydamayman», – deydi u.
Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning quyidagi moddalari bilan bayonnoma rasmiylaştirildi:
125-modda 5-qismi (Davlat raqam belgisi özboşimçalik bilan yeçib olingan transport vositalarini boşqariş);
128−5-modda 2-qismi (Transport vositalari haydovçilarining xalaqit berişi yoki avariya holatini yuzaga keltirişi);
128−10-modda 2-qismi (Transport vositalarini boşqariş huquqi bölmagan şaxs tomonidan sodir etilgan yöl bezoriligi);
135-modda 2-qismida (Transport vositalarini boşqariş huquqiga ega bölmagan şaxsning transport boşqarişi).
Damas esa vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.

















