Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Ğayrat Fozilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Terxi Xakala bilan uçraşdi.
TIV ma’lumotiga köra, tomonlar Özbekiston va YeI örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-humanitar sohalardagi özaro hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlaniş istiqbollarini körib çiqdi.
«Özbekiston – YeI» va «Markaziy Osiyo – YeI» şakllarida bölib ötişi rejalaştirilgan tadbirlarning taşkiliy jihatlari muhokama qilindi.
Özbekiston bilan Yevropa Ittifoqi örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimni tezroq imzolaş zarurligi ta’kidlandi.











