Toşkent şahri Uçtepa tumanida öpiriliş yuz berişi oqibatida uç kişi tuproq ostida qolib ketgan bölişi mumkin. FVV matbuot xizmati hodisa yuzasidan dastlabki ma’lumotni taqdim etdi.
«Bugun, 11 oktyabr kuni soat 14:21 da Toşkent şahar, Uçtepa tumani, Beşqayrağoç köçasida oqova (çiqindi) suvlari uçun möljallangan çuqurlik (kotlovan) qaziş vaqtida öpiriliş sodir bölib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketgani taxmin qilinmoqda.
Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan şahar FVBning 2 ta qutqaruv otryadi 16 nafar qutqaruvçilari tomonidan tuproq ostida qolib ketgan fuqarolarni qidiruv işlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Voqea joyiga şahar FVB, SSB, IIB rahbar xodimlari çiqişgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.











