Nogironlar qanday qöllab-quvvatlanyapti? 

Nogironning hayoti soğlom odamning hayotidan tubdan farq qiladi. Misol uçun ular ta’lim olişda muayyan muammolarga duç kelişmoqda. Nogironlar uçun iş topiş ança qiyin, çunki aksariyat hollarda ular mehnatga layoqatli odamning işini bajara olmaydi. Afsuski, bu toifadagi odamlar jamiyat tomonidan yaratilgan tösiqlarga ham duç kelişadi. Şularni inobatga olgan holda Özbekistonda ham nogironligi bölgan şaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, tösiqsiz muhit yaratiş, jamiyatning tölaqonli a’zosi qiliş borasida izçil çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. 

Masalan, ularni işga qabul qilgan iş beruvçilarga (budjet taşkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamğarmasida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslar bundan mustasno) har bir xodim uçun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya ajratilmoqda. Bunda, 2022 yilda mingga yaqin iş beruvçilarga 1805 nafar nogironligi bölgan şaxslarni işga qabul qilganligi uçun subsidiya ajratilgan bölsa, joriy yilning 1 sentabr holatiga 659 ta iş beruvçilarga 1412 nafar nogironligi bor şaxslarni işga qabul qilganligi uçun 6 oygaça BHM 1,5 baravari miqdorida subsidiya berildi.

Nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, nogironlik pensiya va nafaqalarining eng kami miqdori 747 ming sömga yetkazilib, 2017 yilning boşiga nisbatan 5,1 baravarga ösgan.

Şuningdek, 2022 yilning 1 aprelidan boşlab özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga har oyda yangi turdagi parvarişlaş nafaqasi joriy etildi. Bugungi kunda uşbu nafaqa miqdori 568 ming sömni taşkil etmoqda. Uning joriy etilişi natijasida, 64 mingga yaqin oilalarga parvarişlaş nafaqasi tölab beriladi.

2023 yil 1 yanvardan boşlab I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga pensiya tayinlanganidan keyin kamida 1 yillik iş staji mavjud bölgan taqdirda iş staji va iş haqini inobatga olgan holda har 2 yilda bir marotaba qayta hisoblab çiqiladi. Natijada, 2023 yilda 75 mingdan ziyod nogironligi bölgan şaxslarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, örtaça 300 ming sömgaça oşirildi. Şuningdek, kelgusida nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin mehnat faoliyatini olib borgan 43 mingdan ziyod nogironligi bölgan şaxslarning pensiyalari har 2 yilda (iş staji va oylik iş haqidan kelib çiqib) bir marotaba qayta hisoblab boriladi.

Uşbu tadbirlarni amalga oşiriş uçun 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran Pensiya jamğarmasi mablağlari hisobidan qöşimça ravişda 275 mlrd söm mablağ ajratildi.

«Tösiqsiz turizm» dasturi

2024 yil 1 yanvardan boşlab nogironligi bölgan şaxslarning sayohat qilişlari uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan «Tösiqsiz turizm» dasturi amalga oşiriladi. Dastur doirasida har yili «Sayohat barça uçun!» loyihasi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida ming nafardan nogironligi bölgan şaxslarning respublikaning turizm salohiyati yuqori bölgan şaharlariga bepul sayohatlari taşkil qilinadi.

Şuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomoşa obektlari hamda aeroport, avto va temiryöl vokzallarida nogironligi bölgan şaxslarning tösiqsiz harakatlanişi uçun zarur infratuzilma yaratiş mexanizmlari joriy qilinadi.