12 oktyabr, payşanba kuni Kişinyovga kelgan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen Moldovaning Yevropa integratsiyasi jarayonidagi muvaffaqiyatini olqişladi va mamlakatni bu sa’y-harakatlarni davom ettirişga çaqirdi.

«Siz ajoyib özgarişlar körsatyapsiz. Moldovaning olğa intiliş qat’iyati meni hayratda qoldirdi, - dedi u Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan qöşma matbuot anjumanida. - Endi diqqatni jamlaş va barça sa’y-harakatlarni ikki baravar oşiriş vaqti keldi. Siz buni qila olasiz».

Fon der Lyayyen: Yevropa Ittifoqining Moldova bilan birdamligi qat’iydir

Fon der Lyayyenning sözlariga köra, Yevrokomissiya noyabr oyi boşida YeI kengayişi böyiça yillik hisobotini taqdim etadi. «Boşqalar qatorida, Moldovaning nomzod davlat sifatidagi taraqqiyoti baholanadi. Va bu baholaş dekabr oyida bölib ötadigan Yevropa kengaşi sammitidagi hal qiluvçi muhokamalarda qöllanadi», dedi YeK rahbari va «bu munozaralar Yevropa Ittifoqi bölajak a’zosi sifatidagi rolga töğridan töğri ta’sir qiladi».

Şu bilan birga, fon der Lyayyen Yevropa Ittifoqining Moldova bilan birdamligi mustahkam ekanligiga işontirdi. 2021 yil oktyabr oyidan beri YeI Moldovaga 1,2 milliard yevro miqdorida «misli körilmagan moliyaviy yordam» taqdim etdi, deya eslatdi u. Bu yil qöşimça mablağ ajratiladi, deb va’da berdi Yevrokomissiya raisi.