13 oktyabr soat taxminan 22:30 da Toşkentning Yakkasaroy tumani Bobur köçasining Şota Rustaveli köçasi bilan kesişmasi yaqinida yöl-transport hodisasi röy berdi.

Gazeta.uz'ning poytaxt IIBB tayanib yozişiça, 2005 yilda tuğilgan Ş.T. öz boşqaruvidagi Spark (davlat raqami 80 X 013 RA) avtomobilida boşqaruvni yöqotib, piyodalar ötiş joyida uç nafar piyodani urib ketgan.

Natijada piyodalar – P.X. (1983 y.t.), I.R. (1983 y.t.) va X.A. (1978 y.t.) tan jarohati bilan şifoxonaga olib ketilgan.

Qalampir.uz xabariga köra, jabrlanganlar – Hindiston fuqarolaridir. P.X. çap boldir suyagi sinişi; I.R. boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi; X.A. esa boş miya yopiq jarohati, boş miya çayqalişi taşxisi bilan RŞTYoIMga yotqizilgan.

IIBB tergovga qadar tekşiruv boşlagan.

Eslatib ötamiz, xuddi şu kuni – 13 oktyabrda şaharning Yunusobod tumanida Spark piyodalar ötiş joyida 70 yoşli ayolni urib yubordi. Keksa ayol tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.