Xorazm viloyati, Qöşköpir tumanidagi «Ibrohim baliqçi» fermer xöjaligi rahbari «ma’lum bir haq evaziga» dalada örilgan şolini töplaş işlarini bajarişga maktab öquvçilarini jalb qilgani aniqlandi. Bu haqda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş Milliy komissiyasi xabar berdi.
Qayd qilinişiça, Xorazmda 9-sinf öquvçilari şoli örimiga jalb qilingani haqidagi xabar Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş milliy komissiyasi murojaatiga asosan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi hamda Boş prokuratura tomonidan örganilgan.
Örganiş davomida Qöşköpir tumanidagi 19-maktabning 9-sinf öquvçilari «Ibrohim baliqçi» fermer xöjaligiga tegişli şoli dalasida, dars maşğulotlaridan söng, uşbu xöjalik rahbarining taklifiga asosan, ma’lum bir haq evaziga dalada örilgan şolini töplaş işlarini bajarişga jalb qilingani aniqlangan.
Şu bilan birga, maktab ma’muriyatining uşbu öquvçilarni şoli örimiga majburiy jalb qilinişi holati öz tasdiğini topmagan.
Aniqlangan qonunbuziliş yuzasidan fermer xöjaligi rahbari tomonidan voyaga yetmagan şaxslarga nisbatan mehnat qonunçiligi va bolalar mehnatidan ularning soğliğiga, xavfsizligiga yoki ahloq-odobiga ziyon yetkazişi mumkin bölgan işlarda foydalangani holati Qöşköpir tuman sudida körib çiqildi.
Sud qarori bilan fermer Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 49-moddasi 3-qismi va 491-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 10 barobari (3,3 mln söm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.












