Germaniya Özbekistonni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan 36 ta ustuvor davlatlar röyxatiga kiritdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Dasturga muvofiq, nemis kompaniyalari Özbekistonga sarmoya kiritsa, imtiyozli sarmoya kafolatlarini oladi. Uşbu qaror nemis korxonalarining Xitoyga qaramligini kamaytiriş, e’tibor va kapitalni nemis kompaniyalari faolligi past bölgan, istiqbolli rivojlanayotgan bozorlarga yönaltirişga qaratilgan.
Osiyo qit’asida Özbekiston bilan birga röyxatga Qozoğiston, Viyetnam, Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Tailand va Filippin ham kiritilgan. Ta’kidlanişiça, aholisi köp va tez rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega bu mamlakatlarning barçasi nemis biznesiga şu paytgaça Xitoyda qadrlangan narsani bera oladi: nisbatan arzon işçi kuçining köpligi va yirik savdo bozori.
Afrika röyxatda eng köp ifodalangan. Unga Jazoir, Benin, Kot-d’Ivuar, Gana, Misr, Keniya, Marokaş, Ruanda, Senegal, Togo, Tunis, Efiopiya, Janubiy Afrika kiradi. Janubiy Amerikada tanlov Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Peru va Çiliga tuşdi. Janubi-Şarqiy Yevropada esa Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Şimoliy Makedoniya, Serbiya, Çernogoriya, şuningdek, Turkiya va Kosovo.
Germaniya Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi (BMWK) tomonidan berilgan tuşuntirişga köra, nemis kompaniyalari uçun yaxşi şart-şaroitlarga ega bölgan, ammo hozirgaça ular tomonidan kamroq e’tibor qaratilayotgan mamlakatlarga yönaltirilgan sarmoyalar rağbatlantiriladi.

















