Qamoqdagi muxolifatçi Aleksey Navalniy öz kamerasini tark etişdan va Melexovodagi 6-sonli axloq tuzatiş koloniyasiga qarşi da’vosi böyiça tergov harakatlariga borişdan boş tortdi. Siyosatçining tarafdori, FBK direktori Ivan Jdanovning 23 oktyabr, duşanba kuni tuşuntirişiça, Navalniy şu tariqa barça yozma materiallardan mahrum bölganiga norozilik bildirmoqçi bölgan. Natijada «dubulğada bölgan xavfsizlik kuçlari Navalniyning kamerasiga kirib, kuç işlatib, uni tergovçi oldiga sudrab ketdi», — deyiladi Jdanovning Telegram’dagi postida.

Navalniyning özi saqlanayotgan koloniya ma’muriyatiga qarşi da’vosi Vladimir viloyati Kovrov şahar sudi tomonidan körib çiqilmoqda. Avvalroq siyosatçining matbuot kotibi Kira Yarmiş 23 oktyabr kuni Navalniy sud majlisida bölmaganini, garçi u odatda «Kovrov sudlarida video-aloqa orqali iştirok etib kelganini» aytgan edi. Sud majlisi 2 noyabrga qoldirildi.

Navalniyning uç advokati hibsga olindi 

13 oktyabr kuni Moskvaning Basmanniy tuman sudi Aleksey Navalniyning uç advokati - Igor Sergunin, Vadim Kobzev va Aleksey Lipserni ikki oyga hibsga oldi. Ekstremistik hamjamiyatda iştirok etganlik işi böyiça ular olti yilgaça qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Navalniyning tarafdorlari advokatlarga qöyilgan ayblovlar rasmiylarning muxolifatçini yakkalatib qöyiş istagi bilan boğliq, degan fikrda.