25 oktyabr, çorşanba kuni Yevroittifoq Moldovaga 50 million yevro miqdorida kredit töladi, oy oxirigaça esa undan keyin grantlar körinişida 22,5 million yevro miqdoridagi yana bir tranş yönaltiriladi, deb xabar berdi Yevrokomissiya matbuot xizmati. Uşbu mablağlar Kişinyovga makromoliyaviy yordam körsatiş böyiça amaldagi kelişuvlar doirasida ajratiladi.

Yevrokomissiya Moldova Yevropa Ittifoqi oldidagi siyosiy majburiyatlarini bajarganini qayd etganidan keyin bu summa ajratilgan. Aniqroği, Bryusselda ta’kidlanişiça, mamlakat qiş mavsumi uçun aniq çora-tadbirlar rejasini qabul qilib, energiya xavfsizligini oşirdi. Kişinyov, şuningdek, davlat sektori boşqaruvini kuçaytirdi va magistratura Oliy kengaşi hamda prokurorlar Oliy kengaşidagi böş örinlarni töldiriş orqali qonun ustuvorligi böyiça muvaffaqiyatga erişdi. Bundan taşqari, Moldova tadbirkorlikni rivojlantirişning yangi dasturi va raqamli transformatsiya strategiyasini qabul qilib, mamlakatda biznes muhitini yaxşilaş böyiça muhim qadamlar qöydi, deb xabar berdi Yevrokomissiya.

Yevropa Ittifoqi tomonidan Moldova uçun rejalaştirilgan makromoliyaviy yordam hajmi 295 million yevroni taşkil etadi, şundan 220 millioni kredit, 75 million yevro grant şaklida. Bu miqdor 2023 yil iyun oyida Yevroparlament va YeI kengaşi tomonidan qabul qilingan 145 million yevrogaça bölgan qöşimça moliyalaştirişni öz içiga oladi, şundan 72,5 millioni oktyabr oyi oxirigaça Moldovaga tölanadi. Umuman olganda, şu oy oxirigaça Moldova makromoliyaviy yordam doirasida 172,5 million yevro oladi. Keyingi tölovlar Yevropa Ittifoqi tomonidan siyosiy şartlar bajarilganda amalga oşiriladi.

Yevrokomissiya Moldovaning 2023 yil noyabriga möljallangan navbatdagi Yevropa Ittifoqi «kengayiş paketi» doirasida ustuvor islohotlarni amalga oşiriş borasidagi özgarişlari haqida hisobot beradi. Ustuvor islohotlar böyiça muvaffaqiyatlar Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyani jadallaştiriş, sarmoya va moliyalaştirişni köpaytirişning bevosita yölidir.

2022 yil 23 iyun kuni Yevropa Ittifoqining 27 davlati davlat va hukumat rahbarlari Ukraina bilan birga ariza bergan Moldovani YeIga kiriş uçun nomzod davlat sifatida tan oldi.