Poytaxtdagi tirbandliklar masalasi kun tartibidan tuşgani yöq. Istalgan şaharda haydovçi ham, piyoda ham yurişni istamaydigan tirband, şovqin va noqulay köçalar, çorrahalar böladi. Kun.uz muxbiri Toşkentdagi mana şunday çorrahalardan biri misolida holatni örganişga harakat qildi.
Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi sobiq Oqtepa aylanma yöli hozirda öta noqulay çorrahalardan biriga aylangan. Yöl qatorlarining köpligi ortidan çorraha oqimni boşqarişi kundan kunga qiyinlaşib, uzundan uzun tirbandliklar vujudga kelmoqda.

Şaharsoz Iskandar Soliyev Kun.uz bilan suhbatda Oqtepa çorrahasining muammolar bilan tölganini qayd etdi: “Bor muammoni aytişdan köra yöğini aytiş osonroq, çunki bu çorraha muammoga töla. Bu yerlagi tirbandlik aylanma çorraha qiliş orqali oldi olingandir, lekin yana keyingi çorrahalarda tirbandlik paydo bölaveradi. Piyodalar uçun köpriklar qilingan, ammo deyarli odam yöq, jonsiz muhit. Bundan taşqari, bolalar aravasi bilan yurganlar, qariyalar çiqişi qiyin. Liftlari esa işlamaydi. Odamlar tepaga çiqib tuşişdan erinib, pastdan yölni kesib ötişga harakat qiladi. Qisqa qilib aytganda, avtomobillarga qulay bölişi uçun qilingan şaroitda piyodalar qiynalyapti. Hudud piyodalar uçun jonli emas, öldirilgan», — deydi u.
9 ta köça birlaşadigan çorrahada tirbandliklarni kamaytiriş, vaziyatni yaxşilaş uçun urbanist yöl qatorlarini kamaytiriş kerak deb hisoblaydi: «Bizning köp köçalarda, deylik, 5 qatorli yöl bölsa, biroz yurgaç, kamayib, 2-3 qatorli yöl böladi va tirbandlikni hosil qiladi. Nima qiliş kerak? Bu çorrahada yöl qatorlarini kamaytiriş kerak. Jamoat transportlari uçun alohida yölak taşkil etiş lozim. Bundan taşqari, piyodalar uçun svetofor bilan tartibga solingan ötiş joylari taşkil etiş kerak. Bizda birinçi navbatda xavfsizlik masalasi bölişi şart, tirbandlik emas. Piyodalar va jamoat transportlari uçun şaroit qiliş birinçi örinlagi masala bu yerda», — dedi Soliyev.

Şuningdek, şaharsoz endi doimiy ravişda maşinalar köpayib borayotganini, tirbandliklardan esa butkul qoçib bölmasligini aytdi: «Odamlar uçun yengil avtomobillar qulay bölib qolgan bizda. Şuning uçun ham birinçi örinda xavfsizlik turişi kerak. Tirbandlik kamayişi uçun odamlarimiz jamoat transportlari va mikromobillarga ötişi kerak», — deya ta’kidladi u.
Bundan taşqari, Soliyev maşinalar uçun qayriliş joylarini ham çorrahalarning özida taşkil qiliş maqsadga muvofiq bölişini ta’kidladi. Uning ta’kidlaşiça, yölning örtasida qayriliş joylari bölişi tirbandlik keltirib çiqarişda davom etadi.

Şaharsoz Oqtepa çorrahasi töliq aylana çorraha emasligini, agarda töliq aylana qilinganida, töxtovsiz harakat orqali nisbatan tirbandlik kamayişi mumkinligini qayd etdi.
Soliyev Oqtepa çorrahasida asosiy ustunlik yengil avtomobillarga berilganini aytib, bu aslida xato ekanligini ta’kidladi: «Hozirgi holatda köçaning, şaroitlarning 3/4 qismi avtomobillar uçun. Boşqa harakatlanuvçilar ham bor, ular ham harakatlanişi kerak. Ya’ni avtomobillarga ham, piyodalarga ham, yaşil hududlarga ham teng imkoniyat yaratilişi kerak. Bu hududda avtomobillarga şaroit yaratiş ortidan jonli muhit öldirilgan. Piyoda köçaning narigi tomoniga ötişi uçun katta masofa bosişi kerak. Maksimal darajada piyodalar harakati qiyinlaştirilgan».
Şuningdek, urbanist Toşkent issiq mintaqada joylaşgani sabab, hududga tor köçalar töğri kelişini, bu esa soya va yaşillikning köproq bölişiga yordam berişini aytdi.











