“Xizmatning işga tuşirilişi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan mobil aloqa operatorlari örtasida soğlom, ijobiy raqobatni yanada kuçaytiriş bilan birga ular tomonidan körsatilayotgan xizmatlar sifatining oşişiga olib keladi.
Bu jarayonda mobil aloqa abonentlariga ular boşqa operatorga köçganda öz abonent raqamini saqlab qoliş imkoniyati taqdim etiladi. Bu raqam yöqotilişining oldini oladi hamda aloqa operatorlari tomonidan raqam resurslaridan yanada oqilona foydalanilişiga xizmat qiladi.
Dastlabki bosqiçda jismoniy şaxslar özi ötişni xohlagan mobil aloqa operatori ofisiga taşrif buyurgan holda murojaat etadi hamda mobil raqami köçirilgan yangi sim kartani olib ketadi”, — deyiladi taqdimotda.
Hozirgi kunda Özbekistonda Beeline, Mobi.uz, Ucell, UZTELECOM, Humans kabi 5 ta mobil aloqa operatori faoliyat körsatadi. Ular tomonidan mijozlarga mobil aloqa xizmatlari körsatib kelinmoqda. Agar xizmatdan foydalanib, mobil aloqa operatori özgartirilsa, köçirilgan raqamlar öz şaklini va körinişini saqlab qoladi.
Tizim işlaşi haqida Kun.uz sayti avvalroq batafsil ma’lumot taqdim qilgan edi.












