Senat yalpi majlisida “Turkiy investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş töğrisidagi Bitimni (Anqara, 2023 yil 16 mart) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonun körib çiqildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turkiy investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş töğrisidagi Bitimning bajarilişi uçun mas’ul bölgan vakolatli organ etib belgilanmoqda.

Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining mablağlari Özbekiston Respublikasining Turkiy investitsiya jamğarmasidagi uluşini Turkiy investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş töğrisidagi Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda şakllantiriş, şu jumladan uning boşlanğiç kapitalidagi 2000 ta aksiyaga obuna böliş bilan boğliq xarajatlarni moliyalaştiriş manbai ekani belgilab qöyilyapti.

Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasiga tegişli mablağlarni ötkaziş böyiça buyurtmanomalar taqdim etib boradi. Markaziy bank Turkiy investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş töğrisidagi Bitim böyiça depozitariy funksiyasini bajaradi.

Turkiy investitsiya jamğarmasini ta’sis etiş töğrisidagi bitimning asosiy maqsadi – Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar örtasida mintaqaviy savdoni va iqtisodiy faollikni qöllab-quvvatlaş orqali iqtisodiyotni rivojlantirişdan iborat. Uşbu bitim Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo davlatlar örtasida Turkiy investitsiya jamğarmasini ta’sis etişni hamda uning huquqiy maqomini belgilovçi asosiy hujjat hisoblanadi.

Şu bilan birga, Turkiy investitsiya jamğarmasi doirasida hamkor davlatlar, jumladan, Ozarboyjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya bilan investitsiyaviy loyihalarni, xususan, elektrotexnika, yengil sanoat, avtosanoat, çarm sanoati, quriliş materiallari sohalarida qöşma sanoat kooperatsiyasi kabi loyihalarni birgalikda amalga oşirişga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.