Senatning qirq oltinçi yalpi majlisida Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakilini (Bolalar ombudsmanini) saylaş töğrisidagi masalasi körib çiqildi.
Senat tomonidan Rahmonova Surayyo Mahmudovnani Bolalar ombudsmani lavozimiga saylaş töğrisida qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uçun, Surayyo Rahmonova 1978 yilda Toşkent şahrida tuğilgan.
U 2000 yilda Toşkent davlat yuridik universitetida bakalavr, 2002 yilda esa magistr darajasiga ega bölgan. 2015 yilda dotsent ilmiy unvoni, 2018 yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga ega bölgan.
Surayyo Rahmonova 2018-2019 yillarda Boş prokuraturaning Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot xizmatida bölim boşliği va rahbari, 2019 yildan AOKA bölim boşliği bölgan, 2022 yildan Senatning jamoatçilik bilan aloqalar bölimida faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, bunga qadar Oliy Majlisning bola huquqlari böyiça vakili sifatida işlab kelgan Aliya Yunusova şu yilning sentabr oyida öz xohişiga köra iste’fo berdi. “Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib, Bola huquqlari böyiça vakil lavozimidagi faoliyatimga yakun yasayotganimni ma’lum qilaman”, – deb yozgandi Yunusova Facebook'dagi sahifasida. U “hozirgi vaziyat” deb nimani nazarda tutganini oçiqlamagan.











