Bolalar ombudsmani Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi boğçalardan birida tarbiyalanuvçi bolaga nisbatan sodir etilgan jinsiy zöravonlik yuzasidan Maktabgaça va maktab taʼlim vazirligiga taqdimnoma kiritdi.
Qayd etilişiça, taqdimnoma orqali Bolalar ombudsmani maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyalanuvçiga nisbatan jinsiy zöravonlik holati yuzasidan ötkazilayotgan xizmat tekşiruvi natijalarini tanqidiy körib çiqiş, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli çoralar körilişini hamda masʼul xodimlarning belgilangan tartibda javobgarligi masalasini taʼminlaşni söragan.
Şuningdek, mazkur hodisaning sodir etilişiga imkon bergan sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş, barça maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalar xavfsizligini taʼminlaş, kelgusida uşbu holatlarga takroran yöl qöymaslik hamda ularning oldini olişga qaratilgan zarur çoralar köriş talab etilgan.
Jumladan,
respublikaning barça maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalar xavfsizligini qatʼiy taʼminlaş çoralarini kuçaytiriş;
maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlarining öz kasbiy vazifalarini bajarişi ustidan masʼullar tomonidan manzilli tekşiruvlar taşkil etiş;
maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bolalar xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan içki nazorat mexanizmlari qayta körib çiqilib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş zarurligi körsatilgan.
Qonunçilikka muvofiq, taqdimnoma ijrosi yuzasidan amalga oşirilgan işlar natijasi haqida Vazirlik 15 kunlik muddatda Bolalar ombudsmaniga barça hujjatlar nusxasini ilova qilgan holda maʼlumot berişi zarurligi belgilangan.
Avvalroq Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli qizaloq 52 yoşli xöjalik işlari bölimi mudiri tomonidan zörlab kelingani xabar qilingandi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi uşlangan va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi maxsus işçi guruh tuzilganini maʼlum qildi







