Toşkent viloyatining Örta çirçiq tumanida voyaga yetmagan qizga buzuq harakatlar sodir qilişda gumonlangan erkak qamoqqa olindi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Örta Çirçiq tumanida yaşovçi O.S.dan murojaat kelib tuşgan. U murojaatida uşbu tumanda yaşovçi M.A. tomonidan voyaga yetmagan farzandi Q.M.ga nisbatan uyatsiz harakatlar sodir qilinganini bildirgan.
Bolalar ombudsmani sörovi asosida mazkur holat prokuratura organlari tomonidan örganilgan. Prokuror nazorati doirasida jinoyat işini qözğatişni rad etiş töğrisida avvalroq qabul qilingan qaror bekor qilinib, holat yuzasidan qöşimça tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilgan.
Natijada, M.A.ga Jinoyat kodeksining 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 3-qismi bilan ayblov e’lon qilingan. Erkakka nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Hozirda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.










